O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng angorlik Nodira Yomg‘irova ishli bo‘ldi

01.08.2018, 18:58

O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng angorlik Nodira Yomg‘irova ishli bo‘ldi

O‘zLiDeP Angor tuman Kengashi “Qadimiy Angor” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya tuman kengashi xodimlari, tegishli idora va tashkilot rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Sayyor qabulda mahalla ahli nomidan so‘z olgan Husniddin Sattorov gaz  balloni ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilib, mutasaddilar ko‘magida joyida hal etildi.

Shuningdek, shu hududda yashovchi Ilhom Turopovning ichimlik suvi bo‘yicha qilgan murojaati xalq noibi E.Japparov tomonidan deputatlik so‘rovi yuborish uchun yozib olindi.

“Qadimiy Angor” mahallasida yashovchi Nodira Yomg‘irova ko‘p yillardan buyon ishsiz. To‘g‘ri, u ish masalasida bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qildi, lekin hozirga qadar natija yo‘q.

–Oliy ma’lumotli bo‘lsamda o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ish topolmayotgan edim, – deydi N.Yomg‘irova. –Shu bois, mazkur masalada hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilardan ko‘mak so‘radim. Murojaatim xalq deputatlari tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘rganib chiqilib, shu yerning o‘zida hal etildi. Endi yaqin kunlarda tumanimizdagi 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  o‘z faoliyatimni boshlayman.

Qabul so‘nggida aholi tomonidan kelib tushgan muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish yuzasidan partiya deputatlik guruhlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

  A’zim Shoberdiyev,

 O‘zLiDeP Angor tuman 

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-02 09:47:04

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Fikringizni qoldiring

+