Joriy yilda Jizzaxda 10 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etiladi

01.08.2018, 19:03

Joriy yilda Jizzaxda 10 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etiladi

Bu haqda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi Jizzax viloyat boshqarma boshlig‘i I.Boqiyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, viloyat – shaharlararo yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining joriy yil 18 apreldagi va 12 iyundagi qaroriga asosan jami 6 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochilib, ushbu yo‘nalishlarda 13 dona avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

–Shuningdek, yana qo‘shimcha 30 dona avtobus xarid qilish uchun “Ipotekabank” viloyat filiali tomonidan Samarqand avtomabil zavodi xisob raqamiga 8010,0 mln.so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi, – deydi I.Boqiyev. – Bundan tashqari, joriy yilda viloyatda yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 10 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashkil etish, 1 ta yangi avtoshohbekat qurish va 23 dona avtobuslarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.

 Olim NORJIGITOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1057
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+