“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

01.08.2018, 19:17

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

2018 yil 27 iyulda “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmoni imzolandi.

Farmonnig asosiy maqsadi sifatida biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kabi juda dolzarb va muhim masalalar belgilangan.

Farmon bilan 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinayapti. Bu tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar sonining kamayishini ta’minlaydi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shartligi, ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi, tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishi kabi tartibning o‘rnatilishi ham tekshirishlar o‘tkazish ishlarini tartibga tushirishga xizmat qiladi. Umuman, 2018 yil 1 sentyabrga qadar muddatda tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining boshlang‘ich versiyasining, keyinchalik uning to‘liq versiyasining ishlab chiqilishi juda muhim yangilik sifatida baholanishi lozim.

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasining bajarilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida juda muhim hujjat yaratiladi.

Ushbu farmonning qabul qilinishi  tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, pirovardida iqtisodiy-ijtimoiy islohatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Baxtiyor Xo‘jayorov,

 Xalq deputatlari Samarqand

viloyat  Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1832
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-08-03 10:19:43

Bu qaror loyihasiga shuni qo'shimcha qilmoqchi edim: Savdo faoliyatida endi ish boshlayotgan yosh YaTTlarga eng kami yarim yil NKM olmasdan faoliyat ko'rsatishga ruxsat berish kerak.


Усмонов Сардор2018-08-02 11:23:09

Тадбиркорлик субъектларининг молия-хўжалик фаолияти билан боғлиқ бўлмаган режали текширувлар, тадбиркорлик субъектлари фаолиятида ўтказиладиган назорат тартибидаги текширувлар чек қўйиш лозим


Fikringizni qoldiring

+