Sayyor sud: oilaviy ajrimlarning oldi olindi

02.08.2018, 17:48

Sayyor sud: oilaviy ajrimlarning oldi olindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi bilan hamkorlikda Xazorasp tuman hokimligida sayyor sud tashkil etdi.

Unda partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi, tuman “Oila” markazi vakillari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi.

Sayyor sudda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ayollar o‘rtasida huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish, erta nikox va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

– Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida oilaviy ajrimlar bo‘yicha 375 ta davo arizasi kelib tushdi, – deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi Sh.Djumanov. – Shundan 142 tasi qanoatlantirildi, 173 tasi rad qilindi va 16 tasi tugatilgan arizalardir. – Bugungi sayyor sudimizda ham Xazorasp tumanidagi oilaviy ajrimlarni oldini olishda deputatlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni sarhisob qilish bilan birga, aholining davo arizalarini joyida o‘rganib chiqdik.

Ta’kidlash kerak, sayyor sudda ajrim bo‘yicha ariza bergan 2 ta oilaning murojaati joyida o‘rganib chiqilib, tuman “Oila” markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolarining tushuntirish ishlari natijasida ajrimlarning  oldi olindi.  

G.MATMURATOVA,

Xalq deputatlari

Xorazm viloyat Kengashidagi 

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1563
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Аҳмад Абдусоқиев2018-08-06 18:59:20

Оила бу - жамиятнинг кичик бўлаги. Оилавий ажримларнинг олди олинганлигини мен юқори баҳолайман. Ушбу ажримларнинг олди олинганлиги сабабли, қанчадан - қанча жажжи болажонлар ўз ота- оналари бағрида эмин-эркин улғайишади. Уларнинг келажаги учун мустаҳкам замин яратилади. Бу каби хайрли ишларда сайёр судлар ишларига омад тилаб қоламан ва миннатдорчилик билдираман.


гулноза2018-08-05 12:39:26

Тугри оила мукаддас лекин буни ёшлардан кура кайноналарга тушунтириш лозим оилалардаги асосий низолар кайноналар туфайли келиб чикади


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-03 08:43:51

Жамиятимизда хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш, аёллар ўртасида ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш уларни хар тамонлама куллаб кувватлаш давлат сиёсати даражасида амалга оширилмокда. Хакикатдан хам маколада курсатилган ажримнинг олдини олиш бу бир жиноятни олдини олган хисобланади. Бу каби хайрли ишларда барчамиз масъулмиз. Биз сиёсий партиялар тушинтириш ишларини мунтазаам равишда амалга оширишимиз лозим


Fikringizni qoldiring

+