Hokim va’dasida turdi

03.08.2018, 09:55

Hokim va’dasida turdi

Andijonda yangi uylar o‘z egalariga topshirildi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda boshpanasiz qolayotgan bir guruh andijonliklar haqida shov-shuv ko‘tarilgandi. Hatto ayrim sabrsiz odamlardan bu haqda kinoyali intervyular olishga ham erishildi. Vaqt o‘tdi, to‘zigan chang bosildi. Hokim esa va’dasida turdi. Bir muddat palatkalarda yashagan aholi mutasaddilarga ishonib adashmaganini angladi. To‘g‘ri, issiq joyini sovutish har kimga ham alam qiladi, ammo... ularga yangi, qulay sharoitlarga ega uylar taqdim etilganida bor alam-achchiqlari yoddan ko‘tarildi.

Andijon shahri bilan Xo‘jaobod tumani tutashgan bahavo maskan Bog‘ishamol mavzesi Xidirsha mahallasida bunyodkorlik ishlari boshlandi. Quruvchilarning fidokorona mehnati bilan qisqa muddatda, aniqrog‘i, 35 kunda yangi mahalla barpo etildi. Shu kunga qadar 82 ta uy to‘liq qurilib, go‘yo to‘yga taraddudlandi. Tez kunlarda yana 30 tasi o‘z egalariga topshiriladi. Birinchi navbatda, mahalla infratuzilmasi barpo etilib, asosiy va ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lakchalari qurildi. Chetlariga manzarali gulu daraxtlar o‘tqazildi. Transformator, beton tayanchlar o‘rnatilib, elektr tarmog‘i tortildi, gaz va ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi. Mahallada qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy guzar, bolalar bog‘chasi, 216 o‘ringa mo‘ljallangan umumta’lim maktabi, savdo shoxobchalari, sport maydonchalari hudud ko‘rkini yanada ochadi.

Yangi uylarga Andijon shahridagi Mus­taqillik mahallasi ahli ko‘chib o‘tdi. Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun bun­yod etilgan mazkur zamonaviy uylar kishini havas­lantiradi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov xonadon sohiblariga kalit va hujjatlarini tantanali marosimda topshirarkan, odamlarning shodon yuz-ko‘zlarida shunday fayziyob kunlarga shukronalik hissi aks etardi.

Bu hayajonli lahzalarda, ayniqsa, yetarli sharoitga ega bo‘lmagan, eski, umumiy hovlida bir necha oila bo‘lib yashaganlarning quvonchi cheksiz edi.

– Mustaqillik mahallasidagi ko‘rimsiz, nurab ketgan binolarda yigirma yil yashadik, – deydi Faridaxon Siddiqova. – Ochig‘i, dastlab o‘sha uyimiz ham buzilishga tushganida yangi uy berilishi-yu, muammo bu darajada tez hal etilishiga ishonmagandik. Ko‘chada qolamiz, deb o‘ylagandik. Biroq qurilish ishlarini o‘z ko‘zimiz bilan kuzatib, ko‘nglimiz to‘ldi. Kuni kecha qiz nabirali bo‘ldim. Yangi mahalla, yangi hovli qutlug‘ bo‘lishini niyat qilib, “Obodxon” deb ism qo‘ydik.

– Uyimiz buzilishini eshitib, rosa tashvishga tushgandim, – deydi Sohibaxon Qo‘ldosheva ham. – O‘rniga yangisini qurib berishlarini tasavvurimga sig‘dira olmagandim. Oldingi uyimdan ming chandon yaxshi uyni sovg‘a qildilar. O‘shanda boshpanasiz qolayotganimga achinib tashvish chekkanim bugun butunlay yodimdan ko‘tarildi.

Ha, sinovlar ortda qoldi. Kimdir to‘qigan ertaklarga ishonganlar endi Andijonning Bog‘ishamoli yaqinida qad rostlagan yangi mahallaga bir kelsin, mahalla ahli bilan suhbatlashib, haqiqatga guvoh bo‘lsin...

Zilola RAHMONOVA,

“XXI asr” muxbiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1474
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Водийданмиз:)2018-08-03 18:12:43

Рахмат хатони тўғрилаб қўйибсизлар.. Фикрларимизни эътиборга олганингиз учун рахмат!


Иззат2018-08-03 16:53:12

Хоким качон алмашди Анжонда?


Водийликмиз:)2018-08-03 16:52:12

*Депутатлар


Водийликмиз:)2018-08-03 16:49:28

Хамма зўр зўр деб мақтабдию жуда қўпол хатога эътибор қилмапти. Унақамасда энди хурматли Депутатар!!!


Водийликмизда:)2018-08-03 16:46:54

Хурматли фикр билдирган ўртоқлар мақолани сал охиригача ўқидаларми? Мақолани ёзган одам Андижон Вилояти хокими Шухрат Ғаниев ким? Шунақа хам қупол хато қиладими вей?)


Сарвиноз Холматова Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби 2018-08-03 15:21:53

Ваъда бажарилсагина ҳалқ ишончи ортади. Юртимизда бўлаёнган бундай ўзгаришларнинг провардида ҳалқ манфаати ва ривожи мужассабдир. Ўз сўзига содиқ ҳалқ манфаатини ўйлайдиган халқпарвар хокимлар кўпаяверсин.


Сарвиноз Холматова Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби 2018-08-03 15:21:53

Ваъда бажарилсагина ҳалқ ишончи ортади. Юртимизда бўлаёнган бундай ўзгаришларнинг провардида ҳалқ манфаати ва ривожи мужассабдир. Ўз сўзига содиқ ҳалқ манфаатини ўйлайдиган халқпарвар хокимлар кўпаяверсин.


Исаева Умида 2018-08-03 14:40:50

Эски уйлар бузилиб уни ўрнига янги барча шароитлари бор қулайликлари билан қурилган уйларни телевизорда кўриб бир қувонган эдим мана исботи хам бўлди вилоят хокими Шухратбек Қўшақбоевичга катта рахмат соғ бўлсинлар.


Усмонов Сардор2018-08-03 14:19:21

Bu Prezidentimiz tanlovda adashmaganliklari, Xo`jaobod tumanida ham xalq uchun jonkuyar hokim qo`yganlaridan dalolat.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-03 11:43:19

Уз вадасида турган хоким бу узига ишонган жавобгарчиликни хис киладиган улуг инсон. Энди шундай барча шаройтларга эга булган уйлар эгалари хам уз навбатида давлатимиз ривожига уз хиссаларини кушиши керак. Давлатимиз рахбарига деген миннатдорчилигини мехнатлари билан курсата билса нур устига нур булари сузсиз


Fikringizni qoldiring

+