Quyi bo‘g‘inlar hamkorlikka hamisha tayyor

03.08.2017, 20:16

Quyi bo‘g‘inlar hamkorlikka hamisha tayyor

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasidagi imzolangan hamkorlik bo‘yicha Bitim negizida juda keng qamrovli ishlar  yotibdi. Kichik biznes va tadbirkorlik sohasi vakillariga qulay shart-sharoitlar yaratish, buning asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga xizmat qiladi. Qolaversa, ushbu kelishuv, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnikalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, tadbirkorlar yo‘lida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish hamda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish borasida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lishda Bitim doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar va seminarlar biz kabi partiya faollari uchun ayni muddaodir.

O‘ylaymanki, partiya tizimidagi barcha quyi bo‘g‘inlar mazkur hujjatda nazarda tutilgan vazifalarni yakdillik bilan ado etishda birlashib, faollik ko‘rsatadilar.

Rashid Axmedov,

Buxoro viloyatidagi "Marokko Malerka” xususiy korxonasi

BPT raisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+