Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

03.08.2018, 17:06

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i A.Mamadaliyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, viloyatda 2018-2019 yillarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha davlat dasturiga asosan 46, mahalliy dasturga 88, jami 134 ta xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilishi va faoliyati kengaytirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra 44 ta xususiy muassasalarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziya berildi. Shuningdek, 39 ta muassasalar faoliyati kengaytirilishi natijasida 406 ta ish o‘rni yaratildi.

–Bundan tashqari, viloyatda talab yuqori bo‘lgan ixtisosliklardan endo-urologiya, travmotologiya-ortopediya, umumiy xirurgiya, yuz-jag‘ xirurgiyasi yo‘nalishida xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi, – deydi A.Mamadaliyev. –E’tiborlisi, xususiy tibbiyot muassasalarini yanada rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg LOR ilmiy tekshirish instituti, Amerika davlatining yetakchi klinikasi, Xindistonning “VISU MED LAZER” MChJ, Germaniya davlatining “Senior Experten” “SES” firmasi va boshqa xorijiy davlat klinikalarining yetuk mutaxassislari bilan shartnomalar imzolandi. 

Yig‘ilishda so‘z olgan partiya deputatlik guruhi a’zolari OITS kasalliklari bo‘limida bemorlarga dori-darmon yetishmasligi, shahar tug‘ruqxonalarida bolalar o‘limining yuqoriligi viloyat aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganini tanqid qildilar.

Mazkur masala yuzasidan A.Mamadaliyev o‘z izohida viloyatda xozirgi kunda tibbiyot sohasi tobora yaxshilanib borayotganligini aytdi. Ayni chog‘da viloyatga yangi 128 ta tomografiya apparati olib kelingani xamda sohani yetuk mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini ma’lum qildi.  

Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Shaxrixon tuman hokimi o‘rinbosari J.Mamatqodirovning hisoboti eshitildi.

–Tumanimizda 285730 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi J.Mamatqodirov. Ularga esa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami uchun 1 ta ko‘ptarmoqli markaziy poliklinika, uning 2 ta hududiy bo‘linmasi, 6 ta qishloq oilaviy poliklinikasi hamda 6 ta qishloq vrachlik punktlari xizmat ko‘rsatyapti. Shu bois, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida yanada 76 ta MFYda salomatlik maktablari tashkil etildi. Bu yerda esa 83 nafar umumiy amaliyot shifokori va 312 nafar patronaj xamshiralari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatayotir. 

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

                                        R.NIYAZOVA,

Xalq deputatlari Andijon viloyat 

                                        Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik 

guruhining ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1552
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қувватов Нодирбой Турон текстил БПТ раиси2018-08-03 18:32:31

Маколалар чикиши сусайиб кетди Андижондан


Fikringizni qoldiring

+