O‘zLiDeP deputati Gulnora Abduvaliyeva muammosi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yubordi

04.08.2018, 17:51

O‘zLiDeP deputati Gulnora Abduvaliyeva  muammosi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yubordi

O‘zLiDeP Payariq tuman Kengashi tomonidan “Mustaqillik – tadbirkorlik va fermerlikka keng yo‘l” mavzuida tashkil etilgan tadbir Prezidentimizning “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

Tadbirda madaniy merosimizning muhim bo‘lagi hisoblangan do‘ppido‘zlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, kosibchilik kabi muhim yo‘nalishlar bugungi kunda milliy qadriyat va an’analarimizga sodiqlik ruhida avloddan-avlodga o‘tib, yanada rivojlanib, kengayib, sayqal topib borayotgani ta’kidlandi.

Gulnora Abduvaliyevaning asli kasbi o‘qituvchi bo‘lsada, lekin uni ko‘pchilik chevar sifatida yaxshi biladi. Boisi, hozir u tayyorlagan shogirdlar soni 100nafardan oshgan.

–1989 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullaman. Avvaliga malakali chevarlardan tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganib, so‘ngra faoliyatimni boshladim, – deydi “Gulnora yulduzlari” rahbari G.Abduvaliyeva. –Hozir asosan mavsumiy kiyim-kechaklar, maktab formalari, tibbiyot xodimlari ish kiyimlari, ko‘rpa-tushaklar, yostiq jildlari tayyorlayapmiz. Asosiysi, mahsulotlarimiz bozori chaqqon. Lekin joy masalasida biroz qiynalib turgandik. Partiya faolarining korxonamizga kelganidan so‘ng, bu muammoyimiz ham ortda qoldi.

Tadbirda so‘nggida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tadbirkorning murojaati yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1080
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Tashanov Yazdon O'zLiDeP Kattaqo'rg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari,apparat rahbari 2018-08-06 10:36:20

Deputatlik so'rovlari o'zining samarasini bera boshladi.


Х.Тўраев Жиззах вилояти2018-08-06 09:43:26

Жамиятимизда депутатлик назорати тобора кучайиб бормоқда.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-06 08:05:07

УзЛиДеП депутатларимиз халкнинг орасида булиб муоаммаларини шу жойнинг узида ечимини топишига харакат килинса албатта муомма камаяди. Халкнинг депутатга ишончи ошади. Депутат бу халкнинг одами, уларнинг ишончи билан сайланган


Fikringizni qoldiring

+