Amudaryolik uyushmagan yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” Dasturlari mazmun-mohiyati tushuntirildi (VIDEO)

07.08.2018, 18:30

Amudaryolik uyushmagan yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” Dasturlari mazmun-mohiyati tushuntirildi  (VIDEO)

O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Do‘stlik”, “Farovon”, “Yangiobod” MFY aholisi uchun amaliy muloqot tashkil etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan partiya faollari besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi va “Har bir oila tadbirkor” Dasturi doirasida Amudaryo tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilganidek, O‘zLiDeP yoshlarning ezgu intilishi va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar partiyaning yoshlarda tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmasini shakllantirish, ularning biznes-rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdek dasturiy maqsadlariga hamohangdir.

–Ayni chog‘da partiyamiz mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy kirishgan, – deydi O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova. – Shu bois, muloqot davomida kasb-hunar kollejini tamomlab, ishsiz yurgan yoshlarni aniqladik va bandligini ta’minlashga ko‘maklashdik. Zotan, muloqotdan maqsad ham Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash edi va bunga erishdik deb hisoblayman.  

Muloqotda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдусоқиев Аҳмад Жиззах вилояти2018-08-08 12:57:58

Мухтарам Президентимиз ташаббуси билан каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури ва “Ҳар бир оила тадбиркор” Дастурлари ҳалқимиз учун жуда катта ёрдам булди. Дарҳақиқат, Президентимиз айтиб ўтганларидек, ҳалқ бой бўлса, давлат бой бўлади деган сўзлари бугунги кунда ўз тасдиғини топмоқда. Юртимизда тадбиркорларга яратилаётган бундай имкониятлар сабабли, келажакда ривожланган давлатларда, шу жумладан АҚШ даги сингари бизда ҳам йирик бизнесмен, тадбиркорлар етишиб чиқади деган умиддамиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-08 08:41:58

Хурматли Президентимиз ташаббуси билан каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури ва “Ҳар бир оила тадбиркор” Дастурларида белгиланган вазифалар бу куннинг энг долзарб масалаларига тугридан тугри ечими булаетганлиги гувохимиз. Жамиятимиз ривожида тадбиркорликнинг урни катта. Мана имкониятлар ешларга, фойдаланинг ва кузланган даромадларга эга булинг. Бу сохага хеч канака тусиклар булиши мумкин эмас. Хар бир еш уз хукукини тулаконли билса булди.


Fikringizni qoldiring

+