O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ko‘makdosh

07.08.2018, 18:33

O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ko‘makdosh

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi “Kattaming” mahallasidagi 30-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Mustaqil yurtning – mustaqil tadbirkori” mavzuida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Muloqotga sohada yutuqlarga erishib kelayotgan ishbilarmonlar taklif etildi. Yakka tadbirkor Shokir Qo‘ziyev tumanda ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlardan. U uchrashuvda so‘zga chiqib, ish faoliyati haqida yig‘ilganlarga  so‘zlab berdi.

–Aholiga servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha biznesni yo‘lga qo‘yganimga qariyb 10 yil bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida mehnatim ortidan ro‘zg‘orim butlandi, imorat qurdim, mashina oldim, – deydi  tadbirkor. – Eng muhimi, 10 nafarga yaqin yoshlarni doimiy ish bilan ta’minladik. Intilganga tol’e yor deb shuni aytsalar kerak. Endi biznesimni kengaytirib, muzqaymoq pavil’oni ochmoqchiman. Buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoitlar bor. Kredit olishda ham hech qanday muammo yo‘q. Faqat sizda yaxshi g‘oya va biznes reja bo‘lsa bas.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari Ya.Toshonov tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlarga partiya ko‘makka tayyor ekanini ma’lum qildi.

–O‘tgan qisqa davr mobaynida Prezdentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qator Farmon va Qarorlar imzolandi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining joriy yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tadbirkorlar oldidagi ko‘plab muammolarni tizimli hal etishda muhim qadam bo‘ldi, – deydi Ya.Toshonov. – O‘zLiDeP partiyasi yurtimizda tadbirkorlar soni ortishidan manfaatdor. Agarda biznes rejalar kredit olish borasida maslahatlar kerak bo‘lsa, bizni xodimlar doim ko‘makka tayyor.  

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    981
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Аҳмад Абдусоқиев Жиззах вилояти2018-08-07 19:27:58

Албатта бундай тадбирлар ўтказилишини яхши баҳолайман. Бундан ташқари, бизга маълумки, ривожланган давлатларда юқори малакага эга бўлган тадбиркор ва бизнесменлар томонидан бизнесга оид семинарлар ўтказилиб турилади. Бизда ҳам шундай семинарлар кўпроқ ўтказилса мақсадга мувофиқ бўларди. Яна шуни таклиф қилмоқчиманки, ёш тадбиркорларнинг тадбиркорлик малакасини шакллантиришда юқори малакага эга бўлган тадбиркор ва бизнесменлар билан ёш тадбиркорлар ўртасида устоз-шогирд усуллари қулланса яхши бўларди.


Fikringizni qoldiring

+