O‘zLiDeP deputati “Mehriobod” MFYdagi muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi

08.08.2018, 12:14

O‘zLiDeP deputati “Mehriobod” MFYdagi muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Samarqand viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari joylarga tushib, aholi, ayniqsa, fermer va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan  muammolarni o‘rganmoqda.

Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi tashrifi Samarqand tumanidagi “Mehriobod” MFYda bo‘ldi.

Dastlab ishchi guruh a’zolari davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, xonadonma-xonadon yurib, aholiga “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila-tadbirkor” dasturlarining mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga Dasturda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Savol-javoblar tarzda tashkil etilgan amaliy muloqotda hudud ahli tomonidan oqova va ichimlik suvi masalasi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kreditlar ajratish va mahalla markazini qurish bo‘yicha qator taklif va murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv yakunida mazkur masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+