Qonliko‘llik xotin-qizlar “Har bir oila ¬¬- tadbirkor” dasturi mohiyati bilan tanishdi

Qonliko‘llik xotin-qizlar “Har bir oila ¬¬- tadbirkor” dasturi mohiyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda dastur ijrosi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish, kasanachilik va kichik ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni tashkil etish, tajribali tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

–Yurtimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ishbilarmon, tashabbuskor ayollarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tuman “Oila” markazi bo‘limi rahbari E.Baltabayeva. –Davlatimiz rahbarining “Har bir oila – tadbirkor” dasturi to‘g‘risida”gi qarori bunda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Zotan, ushbu dastur qishloq joylarda oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Qonliko‘llik Zulfiya Dilimova tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Lekin tinib-tinchimas bu tadbirkor o‘z tikuv sexini ochmoqchi. Shu bois, u tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mutasaddilardan kredit olishda ko‘mak so‘radi.

Z.Dilimovaga tijorat banklari tomonidan uyushmagan yoshlar uchun 27 mln. so‘m miqdorida 7 foizdan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani tushuntirilib, bu masalada yordam berilishi ma’lum qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldi.

Asem SIRIMBYeTOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-09 16:00:58

Давлатимиз раҳбарининг “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури тўғрисидаги қарори мазмун мохияти урганилгандан сунг шу дастур асосида қишлоқ жойларда оилавий бизнес ва тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли фаровонлигини янада юксалтиришга қаратилган кенг куламдаги тадбирлар амалга оширилмокда. Тадбирларда имтиезлар, кулайликлардан тугри фойдаланиш буйича тавсиялар килинмокда


Fikringizni qoldiring

+