Qo‘shrabotliklarning muammolari O‘zLiDeP deputatlari nazoratiga olindi

09.08.2018, 15:57

Qo‘shrabotliklarning muammolari O‘zLiDeP deputatlari nazoratiga olindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Samarqand viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari joylarda  aholi  muammolarini o‘rganmoqda.

Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi tashrifi Qo‘shrabot tumaniga uyushtirildi. Dastlab ishchi guruh a’zolari davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuvlar jarayonida aholidan gaz, ichimlik suvi muammolari o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, bolalar o‘yingohlari tashkil etish, tadbirkorlik uchun yer ajratish, kreditlar olishda ko‘mak so‘ralgan qator murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar chiqarilib, nazoratga olinadigan bo‘ldi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1054
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+