O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng Xadicha Xusainovaning xonadoniga tabiiy gaz quvurlari o‘tkaziladi

09.08.2018, 16:21

O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng Xadicha Xusainovaning xonadoniga tabiiy gaz quvurlari o‘tkaziladi

O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi “Bo‘ston” va “Guliston” mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda aholi tomonidan asosan elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz, yer va ish masalasida 10ga yaqin shikoyat va murojaatlar kelib tushdi.

“Bo‘ston” mahallasida yashovchi Xadicha Xusainovaning oilasi kam ta’minlangan oilalar ro‘yhatida turadi. Turmush o‘rtog‘i esa og‘ir dardga chalingan bo‘lib, tushakka yotib qolgan. Shu bois, oila bekasi yaqinda yangi xonadonga ko‘chib o‘tganini aytib, mutasaddilardan tabiiy gaz quvurlari o‘tkazishda ko‘mak so‘radi.

Uning murojaatini tuman gaz ta’minoti korxonasi mutaxasisi Ro‘ziboy Saparboyev o‘z zimmasiga olib, ijobiy hal etib berishga va’da berdi.

Shu mahallada yashovchi Fayzulla Yaqubovning mahalla hududida hammom qurish uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati xalk noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi S.Qurbanov tomonidan nazoratga olindi.

O‘rozgul Xudayberganovaning mahallada sport to‘garaklari tashkil qilish masalasida qilgan murojaati ham yaqin kunlarda ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, sayyor qabullar davomida oddiy odamlarning murojaatlari mahalliy Kengash deputatlari va mutasaddi tashkilot mas’ullari tomonidan hal etilayotgani aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Mashxurbek MATNIYOZOV,

O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1302
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:05:52

Сайёр қабуллар давомида келиб тушган муаммоли масалаларнинг ҳал этилаётгани аҳолининг давлат идораларига бўлган ишончи ортиб бормоқда.


Ражабов Бахром Шовот туман Кенгаши депутати2018-08-10 12:55:55

Шовот тумани Қангли қишлоғи Республикамизнинг энг чекка қишлоқларидан хисобланади, лекин ушбу қишлоқда Республикамизда ташкил этилаётган бокс спорт тури ғолиб ва совриндолари кўплаб етишиб чиқмоқда. Хар бир депутатимиз қишлоқ ёшларини қизиқишларини инобатга олиб қишлоқ худудида спорт тугараклари турларини кўпайтиришга хисса қўшишса, Юртимиздан етишиб чиқадиган чимпионлар сафи янада қўпайган бўлар эди.


Fikringizni qoldiring

+