O‘zLiDeP faoli suv toshqini oqibatida kuchli talofat ko‘rgan xonadonni ta’mirlashga ko‘maklashadi

09.08.2018, 17:47

O‘zLiDeP faoli suv toshqini oqibatida kuchli talofat ko‘rgan xonadonni ta’mirlashga ko‘maklashadi

Nurobod tumani “Jom” mahallasidagi 1065 ta xonadonda 7 ming 612 nafar, “Girdiqurg‘on” mahallasidagi 752 ta xonadonda 4 ming 187 nafar aholi istiqomat qiladi.

Ayni chog‘da hududda aholi uchun yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasiga ega shinam uy-joylar barpo etilmoqda. Chunki bugun joylarda bo‘lgani kabi mazkur hududda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida qayta qurish, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.   

Masalan, Jomda 2 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 1 ta MTM binosining qurilishi tugallanib, fasad ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hududdagi dehqon bozori to‘liq buzib tashlanib, zamonaviy ko‘rinishda barpo etildi. 1  masjid, 1 hammom, 4 oziq-ovqat do‘koni va 2 ta avtobekat esa keyingi oy oxirlariga qadar foydalanishga topshiriladi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Samarqand viloyat Kengashi faollari, mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh a’zolari hududda “Obod qishloq” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan muloqot qildi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida mazkur hududda yashovchi Komila Tirkashova shu yilning bahor oyida suv toshqini oqibatida yashab turgan xonadoni kuchli talofat ko‘rgani sababli hozirda qaynotasining uyida vaqtincha yashab kelayotganini aytib, uyini ta’mirlashda ko‘mak so‘radi.

Uning murojaatini 9-Jom saylov okrugidan mahalliy kengash deputatligiga saylangan E.Diyarov o‘z zimmasiga olib, homiylar yordamida bu muammoni hal etib berishini ma’lum qildi.

 “Jom” MFYda yashovchi Laylo O‘roqova yashab turgan xonadoni yaqinida  barpo etilgan yangi 60 o‘rinli MTMga ishga joylashishda amaliy yordam so‘radi.

Uning murojaati partiya tuman Kengashi raisi O.Bo‘tayev tomonidan nazoratga olinib, yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, tashrif davomida shuningdek, “Girdiqurg‘on” MFYda joylashgan 22 -umumta’lim maktabda ochiq muloqot ham o‘tkazildi.

S.RASULOV,

 O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi

deputatlik guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+