O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 10 nafar xotin-qizga o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi
09.08.2018, 19:15
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Sariosiyo tumanida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman Soliq inspeksiyasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi, Hunarmandlar uyushmasi, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.
Yuzma-yuz uchrashuvlar chog‘ida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab taklif va murojaatlar kelib tushdi.
Masalan, “Afrosiyob” mahallasida yashovchi Marg‘uba Ikromova tikuvchilik sexida qo‘shimcha tikuv dastgohi olishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati AT “Qishloqqurilish bank” tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.
“Madankon” mahallasi “Bunyodkor” ko‘chasida yashovchi Barno Melikboboyeva parrandachilik bilan shug‘ullanishda, “Hulkar” mahallasida yashovchi Orzigul Bo‘tayeva hamda “So‘fiyon” mahallasida yashovchi Mahfirat Davlatova issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit ajratilishida yordam so‘radi.
Har uchala murojaat ham shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganilib, imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida aniq choralar belgilandi.
–Asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘ragan edim, – deydi “Toqchiyon” mahallasida yashovchi Farog‘at Rahimova. –Murojaatimni bank xodimlari iliq qarshi olib, imtiyozli kredit ajratib berishlarini ma’lum qilishdi. Mushkulimizni oson qilgan O‘zLiDeP faollariga rahmat! Endi asal yetishtirish orqali ham oilamiz daromadiga, ham yurtimiz rivojiga hissa qo‘shamiz.
Ta’kidlash kerak, tadbir davomida asalarichilik, baliqchilik va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 10 nafar xotin-qizga o‘z biznesini boshlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.
U. XUDOYKULOV,
O‘zLiDeP Sariosiyo tuman
Kengashi apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
-
Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi
24.02.2024, 12:22
Bildirilgan fikrlar
У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-10 09:33:40
Партиянинг “Азиз ва ягонамсан, жонажон Ўзбекистоним” шиори остида “Ҳар бир оила – тадбиркор” ва “Yoshlar – kelajagimiz” дастурларини амалга ошириш фаолиятимизнинг муҳим қисмига айланмоғи лозим” мавзуида ўтказган очиқ мулоқоти, ёш тадбиркорлар, уюшмаган ёшлар иш билан банд қилишга хизмат қилади.