Bizga natija kerak...

01.08.2017, 20:25

Bizga natija kerak...

Har bir insonning intilishi, oldiga qo‘ygan maqsadi, kelajakdan kutgan orzu-umidlari, yuragining tub-tubida saqlagan ezgu niyatlari bo‘ladi. Nazarimda, ushbu orzu-maqsadlar negizida yurt koriga yarash, atrofidagilarga qo‘lidan kelganicha yordam berish, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, odamlar og‘irini yengil qilish yo‘lida tashabbus ko‘rsatish, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatdagi ayrim hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishda faollik kerak.

Prezidentimizning 2017 yil 12 iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz xaqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” ma’ruzasini tinglab, bu borada tashkil etilgan tadbirlarda qatnashib yana bir bor amin bo‘ldimki,  barchamizda ana o‘sha hayotiy intilish har bir partiya faoli, har bir deputat va qo‘yingki, har bir yurt fuqarosida ustivor maqsad bo‘lishi kerakligi, bugungi kun oldimizga huddi shunday talablarni qo‘yayotganligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Prezident ma’ruzasiga bag‘ishlab 34-“Marg‘ilon darvozasi” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar, deputatlar faoliyatiga aniq baho berilganligi, mavjud kamchiliklar, yo‘l qo‘yilayotgan salbiy xolatlar, loqaydlik ro‘y-rost ochib berilganligi va mavjud vaziyatni ijobiy tarafga hal etish borasida qator ko‘rsatmalar berilganligi, ularga og‘ishmay amal qilish lozim eanligi ta’kidlandi.

Darhaqiqat, bugungi kunda deputatlarda, partiyaning hududiy bo‘limlarida, ayniqsa chekka-chekka tumanlarida ishchanlik kayfiyati sezilmayotganligi, joylardagi muammolarni yechish borasida partiyalarda tashabbuslar ko‘zga tashlanmayotganligi, ayniqsa, partiyalarning “Yoshlar qanoti” faoliyati ko‘ngildagidek emasligi tanqid ostiga olib o‘tilganligi partiya faoli sifatida shaxsan meni chuqur o‘yga toldirdi va xulosalar chiqarishga undadi. 

To‘g‘ri, kichikkina tadbirkorlik sub’ektimiz bo‘lgan “Intellekt-magistr” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan O‘zLiDeP Qo‘qon shahar Kengashi o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Tashkilotimizda boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etganmiz va barchamiz O‘zLiDeP a’zosimiz hamda har oyda birgalikda partiya targ‘ibotini amalga oshirib tadbirlar tashkil etib turamiz. Biroq, ma’ruzadan bildimki, bizning olib borayotgan ishlarimiz hali hech narsa emas ekan. Barcha sohalarda partiya bilan hamkorlik qilish, yanada faol ravishda partiya targ‘ibotini amalga oshirish hamda yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqish, qisqacha aytganda, ish tizimini mutlaqo yangicha qo‘rinishga keltirish talab etiladi va shunday faollik bilan ishlashga astoydil bel bog‘ladik. Zero, olib borayotgan har bir ishimizda natija bo‘lishi kerak. Bugungi davr barchamizning oldimizga ana shunday talablarni qo‘ymoqda...

Iroda Baxriddinova,

“Intellekt-magistr” MChJ BPT raisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1712
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+