Tadbirkorlarimiz qanchalik faol va tashabbuskor bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz

10.08.2018, 18:12

Tadbirkorlarimiz qanchalik faol va tashabbuskor bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz

Keyingi yillarda mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Poytaxtimizdagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik shulardan biridir. 

Aytish joiz, Prezidentimiz g‘oyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu inshoot qadim Toshkentning tarixiy jozibasini saqlagan holda, uni yangilash, zamonaviy megapolisga aylantirish, pirovardida aholining uzog‘ini yaqin qilishda juda muhim ahamiyatga ega. 

Shu bois, joriy yilning 10 avgust kuni davlatimiz rahbari Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahada qurilgan ko‘prikni borib ko‘rdi.

Tashrif chog‘ida Prezidentimiz yangi ko‘prikning mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari aholiga yanada qulaylik yaratish, turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi quruvchilari tomonidan qurib bitkazilgan ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etilgani hamda yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatilgani haydovchilar va yo‘lovchilar uchun keng qulayliklar yaratadi. 

Tashrif davomida Prezidentimiz shuningdek, Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan ham tanishdi.

Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu yerda to‘qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoshlarini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

Shu yerda yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlash kerak, tashrif chog‘ida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish nafaqat O‘zLiDeP faollariga, balki partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Zotan, tadbirkorlarimiz qanchalik mas’uliyatli, faol, tashabbuskor bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga tezroq erishamiz.

Ulug‘bek IShANXODJAYEV,

O`zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi  bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    525
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ж.Кадиров-O`zLiDeP Олмазор утман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-14 17:18:19

Юртбошимиз Шавкат Миромонович саноатни инновацион ривожлантириш, хорижий тажрибани ўрганиб, маҳсулдорлик ва рақобатдошликни ошириш бўйича кўрсатмалар бериб, тадбиркорларнинг инновацион лойиҳаларини қўллаб-қувватлаганликлари тадбиркорлар учун янада шижоатли бўлишларига туртки бўлади.


Рахманова Гульнара КР тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-14 08:31:50

Хакикатдан хам тадбиркорларимиз қанчалик масъулиятли, фаол, ташаббускор бўлса, кўзланган мақсадларга тезроқ эришамиз. Улар таввакалчи , улар мард, улар куркмас булиши керак, шундагина уз мехнатларининг ривожини куради. Куприк куриш эса инсон учун энг улуг савоб ишлардан. Байрам олдида барчага куч кувват соглик саломатлик тилаймиз


Лола Хожаниязова2018-08-11 15:20:27

Одам биринчи навбатда ўзига ҳисоб бериб яшаши керак. Бир хонадонда 3-4 оила бору, эркаклари соғлом бўла туриб, бирон жамоат жойида ишламаса, тадбиркор уни қаердан боқсин! Ҳокимлик уни нега боқиши керака? Ҳар бир оила тадбиркор бўлиш вақти келди!


Носирова Шоира Навоий вилояти Кармана туман Кенгаши депутати2018-08-11 07:03:47

Саноатни инновацион ривожлантириш, хорижий тажрибаларни ўрганиш, рақобатдошликни ошириш тадбиркорларимизни асосий вазифаларидан бири бўлса, кўзланган мақсадларга эришамиз


Fikringizni qoldiring

+