Fermerlik harakati rivoji – qishloq taraqqiyoti va farovonligi garovidir

11.08.2018, 09:52

Fermerlik harakati rivoji – qishloq taraqqiyoti va farovonligi garovidir

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan ochiq muloqot ana shunday nomlandi.

Unda partiya viloyat Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi xodimlari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, yosh fermerlar hamda OAV vakillari qatnashdi.

Qayd etilganidek, bugun viloyatda fermer xo‘jaliklarini yanada takomillashtirish, ularning yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ulkan ishlar fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Eng muhimi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar fermerlarga katta ko‘mak bo‘lyapti.  

­–Ayni chog‘da viloyatimizda 323 nafardan ortiq yosh fermer faoliyat yurityapti, – deydi viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi o‘rinbosari Yo.Abduraximov. ­– Shu bois, hozir yosh fermerlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va masalalarni hal etish, xorijiy ilg‘or tajribalarni fermerlar faoliyatiga joriy qilish, ayniqsa, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi tadbir davomida ham raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash, qishloqqa sanoatni olib kirish, fermerlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar borasida atroflicha ma’lumotlar berdik. 

Tadbirda shuningdek, fermerlar faoliyati davomidagi yutuqlar bilan birga ularning muammo va takliflari ham tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.

Muloqot so‘nggida ishtirokchilar “Sarvinoz Sobirjonovna fayzi” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi.

Husan JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1773
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хамидова Дилдора O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-15 11:39:09

Фермер хўжаликларини ер, сув ва моддий-техника ресурсларидан оқилона фойдаланишини таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар натижасида фермер хўжаликлари фаолияти самарадорлигини оширишга эришилмоқда.


Ҳусан Жабборов O‘zLiDeP Сирдарё вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-08-12 12:26:20

Бу каби тадбирларни барча туманларда ўтказиш, шу билан бирга тадбирда кўтарилган муаммо, масала ва таклифларни партиянинг таянчи ва кучи ҳисобланган ОАВ ва депутатлари орқали ижобий ҳал этиб бериш электорат ва аҳоли ўртасида партия нуфузини оширишга хизмат қилади.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-12 08:27:39

Жамиятимизда фермер хўжаликларини янада такомиллаштириш, уларнинг ер, сув ва моддий-техника ресурсларидан оқилона фойдаланишини таъминлаш борасида олиб борилаётган улкан ишлар фермер хўжаликлари фаолияти самарадорлигини оширишда муҳим омил бўлмоқда. Уларга барча кулайликлар яратилишини таъминлаш- бу халкимиз тукин сочинлигини юртимиз ободончилигини таъминлаш дегани.


Fikringizni qoldiring

+