Ustuvor vazifalarga ustuvor nigoh bilan

31.07.2017, 20:27

Ustuvor vazifalarga ustuvor nigoh bilan

Boshlang‘ich partiya tashkilotimizning navbatdagi yig‘ilishida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish   borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda munosib hissa qo‘shish uchun har bir quyi bo‘g‘in o‘z uslubini o‘zgartirishi, zimmadagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondoshishi alohida ta’kidlandi.

Boshlang‘ich  tashkilotimizda 8 nafar partiya a’zosi bor. Ochig‘i ular hammasi ham partiya ishida ularning hammasi ham qatnashayotgani yo‘q. Aholi o‘rtasida partiyamizning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilishda faolliklari ko‘rmayapmiz.  

Biz tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligi va farovonligi ta’minlashni mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan siyosiy kuchmiz. Shunday ekan, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlarga yaqindan yordam berishimiz, ularni bankdan moliyaviy ko‘mak olishida yaqindan yordam berishimiz kerak. Ochig‘i, fermer xo‘jaliklarini qiynab kelayotgan muammolar nihoyatda ko‘p. Ammo ularni maqbul yechimlarini topib, bartaraf etish borasida yetarli ish qila olmayapmiz.  

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish ishlarini uzluksiz ravishda amalga oshirib borasida hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Tadbirkorlar va fermerlarni o‘ylantirayotgan masalalarga doir hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni keskin jonlantirish, bunda oddiy, sodda, hammaga tushunarli va oson bo‘lgan muloqot usullari va zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtboshimiz ma’ruzasida ta’kidlangan ustuvor vazifalarga ustuvor nigoh bilan qarash va zimmadagi mas’uliyatni teran his qilgan holda faoliyat olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni unutishga hech kimning haqqi yo‘q.

                   Shavkat Tursunov,

            Kasbi tuman “Shavkat” fermer xo‘jaligi BPT yetakchisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1484
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Abdumannon fayzullaev2020-10-01 20:13:59

Abdukarm Agromeva x.k rahbariman menham qorakulchilika azo bulsam buladimi


Fikringizni qoldiring

+