Samarqandda O‘zLiDeP ishchi guruhining uch kunlik faoliyati sarhisob qilindi

11.08.2018, 10:14

Samarqandda O‘zLiDeP ishchi guruhining uch kunlik faoliyati sarhisob qilindi

2018 yilning 7-9 avgust kunlari O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparati xodimlari hamda partiya Samarqand viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilgan MFYlarida aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar jarayonida partiya faollari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar tanishish bilan bir qatorda , “Yoshlar kelajagimiz” hamda “Har bir oila-tadbirkor” dasturi dasturlarning mazmun mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi.

Bugun Samarqandda ishchi guruhining uch kunlik faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi - apparat rahbari Furqat Xatamov so‘zga chiqib,bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Samarqand viloyatida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan MFYlaridagi 17 565 ta xonadonda 104 113 ta aholi istiqomat qiladi. 

3 kun davomida o‘tkazilgan tadbirlar davomida partiya faollari 1689 ta xonadonga kirib bordi. Ushbu xonadonlarda 8456 ta aholi yashaydi.

Ishchi guruhi tashrif buyurgan oilalarda 1345 ta muammo ko‘tarildi.

Shundan:

561 ta tomorqa uchun suv muammosi, 122 ta biznes yuritishdagi muammo, 116 ta ijtimoiy muammo, 146 ta huquqiy muammo hamda 400 ta ishsizlik muammosi borligi aniqlandi.

-O‘rganishlar davomida aholidan maishiy xizmat va servis xizmat ko‘rsatish shaxobchalari yo‘qligidan norozi bo‘lib, qilingan murojaatlar kelib tushdi, deydi uchrashuvda F.Xatamov.- Jumladan, Ishtixon tumanidagi “Humo” va “Sheyxlar” MFYlarda 4236 ta aholi istiqomat qiladi. Bu mahallalarda kutubxona, dorixona va QVP mavjud emas. Aholi tuman markazidagi dorixonalarga va shifoxonalarga borishga majbur. Shuningdek, “Humo” MFYdagi transformator ayanchli holatda, ta’mirtalab ekanligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha partiya tuman kengashi deputati tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborishga kelishib olingan.

Shuningdek, joylarda aholi tomonidan bank kreditini olib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha 253 ta masala ko‘tarildi. Xususan, o‘z tomorqasidan unumli foydalanish va issiqxonalar qurish uchun 70 nafar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 131 nafar va boshqa maqsadlar uchun 52 nafar fuqarolarning bank kreditlariga ehtiyoji borligi aniqlandi. Ushbu masala yuzasidan “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlari va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashiga mazkur yo‘nalishlarga imtiyozli kreditlar berilishi bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etildi.

Kredit olish istagini bildirgan fuqarolar ro‘yxati sohalar bo‘yicha shakllantirilib yuqoridagi davlat dasturlari doirasida beriladigan imtiyozli kreditlar berish uchun taqdim etildi.

Ikki kun davomida kirib borilgan oilalarda 146 nafar O‘zLiDeP a’zolari borligi aniqlandi. Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida kirib borilgan xonadonlarning 555 nafardan ziyod a’zolari O‘zLiDeP safiga kirishga xohish bildirdilar. Ularning ro‘yxati shakllantirilib, a’zolikka qabul qilish uchun tuman Kengashlariga taqdim etildi.

Uchrashuvlar jarayonida mahallalarda istiqomat qilayotgan partiya faollari orasidan tashabbuskor, odamlarni hurmatiga sazovor bo‘lgan talabchan 160 nafarga yaqin yetakchilar aniqlandi. Ushbu yetakchilarni topishda aholi va mahalla oqsoqollari bilan bamaslahat ish tutildi va ro‘yxati shakllantirildi. Ularni kadrlar zahirasiga kiritish, yetakchilar bilan doimiy muloqot olib borish maqsadida tuman kengashlariga ro‘yxati berildi.  Ishchi guruh a’zolari ular bilan uchrashib, kelgusida o‘zlari yashab turgan hududda partiya faoliyatini jonlantirish, aholi orasida partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan deputatlik saylovlarida partiya nomzodlarining xalq ishonchini qozonib, ko‘proq deputatlik o‘rinlarini egallashida O‘zLiDeP ushbu yetakchilarga suyanishi ta’kidlandi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar dolzarbligi, ahamiyatliligi inobatga olingan holda ularni tuman, viloyat va respublika darajasida hal qilish bo‘yicha tahlil qilindi. Barcha murojaatlar ishchi guruh tomonidan nazoratga olinib, partiyaning tuman, viloyat, respublika Kengashlaridagi deputatlik guruhlari tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1087
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Tashanov Yazdon O'zLiDeP Kattaqo'rg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari,apparat rahbari 2018-08-13 09:32:35

Вилоятимиз туманларида Обод.кишлок дастурига киритилган МФЙ ларда ишчи гурухлар олиб борган урганишлар натижалари шуни курсатдики,хали килинадиган ишлар жуда куп.Биз партия фаоллари бу ишларни амалга оширишда томошабин булиб турмаслигимиз керак.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-12 06:26:18

Ишчи гуруҳ томонидан олиб борилган 3 кунлик ишлар натижасида ўплаб ишлар амалга оширилгани ҳолда ҳали олдимизда кўпалаб ишларни амалга ошириш лозимлиги, фаолиятимиз давомида ҳали камчиликлар кўплиги ҳам аён бўлиб қолди. Келгуси фаолиятимизда бу камчиликларни нафақат бартараф этиш, балки бунданда юқорироқ марраларни забт этиш, партиямиз аъзоларини кўпайтириш, аҳолининг барча қатламлари ичига кириб бориш, халқ ва электорат муаммоларни баратаф этишда фаоллик кўрсатиш ва шунинг асносида партиямизнинг жамият ва давлат бошқарувидаги нуфузини янада ошириш асосий вазифаларимиздан бўлиб ҳисобланади.


Хайдарова Зухра Избоскан тумани Ижрочи котиб2018-08-12 06:00:24

УзЛиДеП фидойилари томонидан Обод Кишлок лойихаси буйича килинаетган ишлар тахсинга лойик.


Абдуллалатиф Раҳманов Наманган вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-08-11 18:55:16

O‘zLiDeP фаоллари томонидан амалга оширилаётган учрашувлар орқали аҳоли айниқса элокторат билан яқиндан танишмоқда ва бу фуқароларнинг партияга бўлган ишончини мустаҳкамламоқда


Fikringizni qoldiring

+