O‘zLiDeP faoli Erkin Sobirov poplik 30 nafar ishsiz aholining bandligini ta’minlashni maqsad qilgan

11.08.2018, 10:39

O‘zLiDeP faoli Erkin Sobirov poplik 30 nafar ishsiz aholining bandligini ta’minlashni maqsad qilgan

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Pop tumanidagi "ChODAK ASL BIZNYeS" MChJda “Hududlarda sanoatni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirishning bugungi holati va istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotdan ko‘zlangan maqsad sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ayniqsa hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirilishi, ulardagi mavjud muammolar va takliflarni o‘rganishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, mazkur korxona 2018 yil davlat Dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyihani ishga tushirish uchun Turkiyadan 352 ming AQSh dollar mikdoridagi texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Shundan 252 ming AQSh dollari tadbirkorning o‘z mablag‘lari, 100 ming AQSh dollari esa bank krediti hisobiga amalga oshirildi.

- Asosan mahsulotlarimiz mamlakatimizning ichki bozoriga mo‘ljallangan,-deydi korxona rahbari Erkin Sobirov.  - Ayni vaqtda bir kunda 120 tonna bug‘doyni qayta ishlash orqali sifatli  un mahsulotlarini tayyorlab, vodiy bozorlariga yetkazib beryapmiz. Kelajakda faoliyatimizni kengaytirib, ishlab chiqarish salohiyatimizni yanada oshirmoqchimiz. 180 tonna bug‘doyni qayta ishlab, mamlakatimizni barcha viloyatlariga o‘z mahsulotlarimizni yetkazib berishdan iborat.

Korxonada xozirgi kunda 44 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritadi. Shundan 27 nafari asosiy ishchi-xodimlardan tashkil topgan bo‘lib, qolgan 17 nafari esa ish o‘rganuvchi yoshlar iboratdir. Partiya deputati Raxmoniddin Srojiddinov ko‘magida 6 nafar uyushmagan yoshlar ham ushbu korxonaga ishga joylashtirildi. Ayni kunda partiya ko‘magida yana 30 nafar ishsiz aholini bandligini ta’minlash rejalashtirilmokda. 

- Ancha vaqtlar davomida yurtimizdan uzoq bo‘lgan Rossiyada ishlab yurar edik, - deydi korxona ishchisi Begzod Abduraimov. - Mana tumanimizda shunday korhonalar tashkil etilib, biz kabi yoshlar ish bilan ta’minlandi. Oilamiz yonimizda, uyimiz yaqin. Ko‘plab tengdoshlarim qatori o‘z mehnatim orqali tumanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shayotganligimdan mamnunman. 

Uchrashuv davomida korxona ishchilariga O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari borasida ham keng tushunchalar berildi. Tadbir so‘nggida mazkur korhonaning 20 nafar ishchi-xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1183
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ахмедов Фарход Ахадович ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши маъмурий хужалик ишлари булими мудири2018-08-12 18:20:58

Ишчи ўрин яратгани утига-устак уюшмаган ёшларни жалб этгани ўзи бир фидоийлик бўлса яна бир томони хеч қандай импорт унларга юртимиз аҳолисини эҳтиёжини қолдирмасликга ўзини ҳиссасини қўшаётганини яна бир ватанпарварлик деб биламан.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-12 08:24:06

Партиямиздан сайланган депутатимизнинг Поп туманидаги "ЧОДАК АСЛ БИЗНЕС" МЧЖ ишларини янада ривожлантиришга уюшмаган ешлардан 6 тасини ишга жалб килиши бу мактовга лойик албатта. Тадбиркоримизнинг келгуси ишларида омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+