Yangi obodliklarning muammolari yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborildi

12.08.2018, 10:41

Yangi obodliklarning muammolari yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Namangan viloyat va Namangan tumani Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari tumandagi “Shamshiko‘l” MFY “Yangi obod” ko‘cha aholisi bilan uchrashib, hududdagi muammo va takliflarni atroflicha o‘rgandi.

Ishchi guruh kun davomida mazkur hududda yashovchi 50 dan ortiq aholi bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdi. O‘rganishlar jarayonida aniqlandiki, hudud aholisi suyultirilgan gaz va gaz ballon ta’minotidagi uzulishlardan aziyat chekmoqda. Qolaversa, aholi xonadonidagi mavjud tomorqalarda sho‘rlanish darajasi yuqoriligi sababli tuproq unumdorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va buning oqibatida tomorqadan samarasiz foydalanish holatlari aniqlandi.

-  Zakanlarimiz oxirgi marta 3 yil avval tozalangan, - deydi “Yangi obod” ko‘chasida yashovchi fuqaro Umida Fozilova. -  Buning natijasida zahhob suvlar dimlanib qolib, sho‘rlik darajasi oshib ketyapti. Shu bois ham yerda nihol parvarishlash imkoni yo‘q.

Bundan tashqari, hududda yashovchi Akbaraliyevlar xonadonidagi 5 nafar shaxs fuqarolik pasportiga ega emasligi tufayli bir necha yillardan buyon turli qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.

- 1991 yilda ma’lum sabablarga ko‘ra O‘zbekistonga Tojikistondan ko‘chib kelganmiz, - deydi Ziyoda Akbaraliyeva. -  Bugun mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlardan ko‘nglimiz shod. Mana mahallamiz “Obod qishloq” dasturi doirasida ancha obod bo‘ldi. Birgina muammo shuki, haligacha fuqarolik pasporti olish borasida qiynalyapmiz. Buning oqibatida o‘g‘lim Hafizullo ham doimiy ish joyiga ega bo‘lish borasida muammolarga duch kelyapti.

Aholidan kelib tushgan muammolarni tezkorlik bilan ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh uchrashuv jarayonida xonadonma-xonadon yurib, “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturi mazmun-mohityatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etmoqda. Ushbu dastur bo‘yicha o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan xalq vakillariga kredit olish borasida zaruriy ko‘rsatma va amaliy yordam berildi.

Aytish joizki, ushbu mahalla 2018 yil “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan va dastur doirasida hududdagi aholini ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1065
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ж.Кадиров-O‘zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-14 17:13:02

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ вакилларига куч кувват ва ғайрат тилаймиз.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:02:33

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+