O‘zLiDeP faollari shamshiko‘llik Oybek Otoxonovga tomorqasida issiqxona tashkil etishga ko‘maklashadi

12.08.2018, 10:55

O‘zLiDeP faollari shamshiko‘llik Oybek Otoxonovga tomorqasida issiqxona tashkil etishga ko‘maklashadi

O‘zLiDeP faollari va partiya deputatlik guruhi vakillari Namangan tumani  “Shamshiko‘l” mahalla hududidagi  “Barkamol avlod” ko‘chasi aholi xonadonlarida bo‘lishdi.

Mahalla  ahli o‘rtasida olib borilgan muloqot davomida “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturi mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Targ‘ibot mobaynida Oybek Otoxonov tomorqasida issiqxona tashkil etish istagini bildirdi.

- Asli kasbim elektrik, doimiy ish joyim yo‘qligi sababli yollanma ishchi bo‘lib ishlayman, -  deydi O.Otoxonov. Partiya faollarining maslahati va ko‘magidan ruhlanib, issiqxona tashkil etmoqchiman va bu issiqxonada pomidor yetishtirib, oilaviy daromadimni ko‘paytirishni maqsad qilyapman.

Bundan tashqari, partiya faollari tomonidan shu mahallada yashovchi Abdumo‘min Abdurazzaqov va Murodilla Yuldashevlarga ham tomorqadan unumli foydalanishlari uchun  kredit olish borasida zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1094
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ж.Кадиров-O‘zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-14 17:12:23

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ вакилларига куч кувват ва ғайрат тилаймиз.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:02:03

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+