O‘zLiDeP yangiqo‘rg‘onlik 15 nafar tomorqa yer egalariga issiqxona qurishi uchun kredit olishda ko‘maklashadi

12.08.2018, 12:31

O‘zLiDeP yangiqo‘rg‘onlik 15 nafar tomorqa yer egalariga issiqxona qurishi uchun kredit olishda ko‘maklashadi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Namangan viloyat, tuman kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari xonadonma-xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Bo‘ston” MFY aholisi bilan tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur mahalla Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, u yerda aholi xonadonlarining uylari ta’mirlangan, yo‘llarga shag‘al yotqizilgan hamda mahalla guzari, otalar choyxonasi, yoshlarning hunar o‘rganishlari uchun o‘quv markazi, “Boston trikotaj ART Soft tex” MChJ faoliyat yuritib kelmoqda.

Aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lganimizda ushbu yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ayrim muammolar borligi aniqlandi. Xususan, mahallada toza ichimlik suvi yo‘qli, bog‘cha, maktab ancha olisda ekanligi borasida o‘z takliflarini bildirishdi. Mazkur masala yuzasidan shu hududdan saylangan partiya deputatlik guruhimiz a’zosi Olimxon Mutavaliyev tez kunlarda detutlik so‘rovi jo‘anatib dasturga kiritilishini ma’lum qildi.

Mazkur mahallada istiqomat qilayotgan Akramxo‘ja Azizovlar xonadonida bo‘lganimizda “Obod qishloq guzarida” yoshi ulug‘ otaxonlar dam olishlari uchun “Otalar choyxonasi” ochganligini, xonadonida 100 ta parranda, 5 ta qoramol, 15 ta bedana boqayotganligi, tomorqasida sabzavot ekinlari yetishtirib kelayotganligi guvohi bo‘ldik.

Ishchi guruhimiz vakillari mahalla guzari yonida yoshlarning hunar o‘rganishlari uchun tashkil etilgan o‘quv markaziga tashrif buyurdi.

- Mazkur o‘quv markazini shu yil ochganman, - deydi tadbirkor Kamola Jaxongirova. – O‘quv markazimizda 10 dan ortiq hunar to‘garaklari bo‘lib shu kunga qadar 500 nafar shogird chiqarganman. Hozirda 40 nafar yoshlar tahsil olib kelmoqda.

Ushbu o‘quv markazi atrofida “Boston trikotaj ART Soft tex” korxonasi faoliyat yuritayotganligi guvohi bo‘ldik. Ushbu korxonada mahallaning 120 nafar qizlari ish bilan bandligi ta’minlangan bo‘lib, mahsulotlarini chetga eksport qilib kelmoqda. Partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish davomida o‘quv markazining 30 nafar yoshlari va ushbu korxonaning 120 nafar xodimi partiyaga a’zo bo‘lishga qiziqish borligini bildirdi.

Partiya faollari xonadonma-xonadon yurib, “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” dasturlarining targ‘iboti olib borildi, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘rganishlar davomida ushbu mahallaning ko‘pchilik xonadonlarida tomorqalaridan samarali foydalanib kelayotganligi guvohi bo‘ldik. 15 nafarga yaqin xonadon egalari tomorqalarida issiqxona tashkil qilish, parranda va chorva mollari boqishi uchun imtiyozli kredit olib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Partiya vakillari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida tashkil etilgan Jamg‘armadan imtiyozli 7 foizlik kredit ajratib berilishini ma’lum qildi.

Partiya faollarining aholi bilan muloqotlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1244
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хилола Отахонова ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши2018-08-14 10:52:39

Партиямиз томонидан томорқадан унумли фойдаланишга кўмаклашишни тизимли йўлга қўйганлиги ўзининг самарасини бермоқда.


Рустамжон Миразимов ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши2018-08-14 10:51:20

Ахоли томонидан томорқаларда етиштирилаётган махсулотлар ички бозорни таъминлабгина қолмасдан, ташқи бозорга экспорт қилишда хам ўзининг сезиларли хиссасини қўшмоқда.


Элдор Адилов ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши2018-08-14 10:49:21

Янгиқўрғон тумани ахолисининг барчаси томорқасидан шундай тарзда унумли ва самарали фойдаланиб келмоқда, партиямиз бу борада бир кўмаклашиш ишларни йўлга қўйган.


Давлатбек Дедаханов ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши2018-08-14 10:47:14

Ахоли томорқаларида етиштирилаётган махсулотлар экспорт қилинаётганлиги даромадга салмоқли хисса қўшмоқда, томорқалардан фойдаланиш тизимли йўлга қўйилишига эришилди.


Эркинжон Ахмеджоджаев ЎзЛиДеП Наманган вилоят Кенгаши2018-08-14 10:44:49

Партиямиз томонидан томорқадан унумли ва тизимли фойдаланишга кўмаклашмода, бу ўз самарасини бермоқда.


Тухтасинов Музаффар УзЛиДеП Наманган вилояти2018-08-14 10:38:09

“Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари тарғиб қилиниши самараси бўлмоқда.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:01:08

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+