O‘zLiDeP faollari Chust tumanidagi “Sherbilak” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi

12.08.2018, 19:22

O‘zLiDeP faollari Chust tumanidagi “Sherbilak” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

Navbatdagi  uchrashuvlardan biri Chust tumanidagi “Sherbilak” MFY aholisi bilan tashkil etildi.

Tumanimizdagi “Sherbilak” va “Laylak uya” MFYda jami 1155 xonadon mavjud bo‘lib,  6033 nafar ahol yashaydi, shundan  3295 nafari xotin-qizlar,  2051 nafar yoshlar tashkil etadi, - deydi mahalla raisi Komiljon Ernazarov. Mahalla ahli mehnatkash, matonatli, jonkuyar xalq hisoblanadi. Hozirada mahalladoshlarimizdan 21 nafari fermer, 8 nafari esa tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Partiya faollari muloqot davomida aholi vakillariga “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturlari mazmun-mohiyatini tushuntirib, unda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

O‘rganishlar davomida bu mahalla ahlining xonadonlarida tomorqalaridan samarali foydalanib kelayotganligi guvohi bo‘ldik. Shuningdek, 17 nafar xonadon egalari tomorqalarida issiqxona tashkil qilish, 12  nafari chorvachilik, 4 nafari esa bog‘dorchilikni rivojlantirish istagi borligini bildiririb, bu borada amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilishdi. Ishchi guruh mazkur masalalar yuzasidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzurida tashkil etilgan Jamg‘armadan imtiyozli 7 foizlik kredit ajratib berilishida ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1646
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:00:28

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+