O’zLiDeP faollari To‘raqo‘g‘on tumanidagi “Oqtosh” MFY aholisi bilan uchrashdi

12.08.2018, 19:44

O’zLiDeP faollari To‘raqo‘g‘on tumanidagi “Oqtosh” MFY aholisi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

Bu galgi uchrashuv To‘raqo‘g‘on tumanidagi “Oqtosh” MFYda tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu mahallada  “Obod qishloq” dasturi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahalladagi mavjud 621 ta xonadonda jami 3168 nafar aholi yashaydi, bulardan 102 xonadon ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilishadi. Ushbu ko‘p qavatli uylar yillar davomida eskirib yaroqsiz holga kelib qolgan edi. “Obod qishloq”  dasturi doirasida mazkur uylar qayta ta’mirlanib, barcha sharoitlari yaxshilandi.

-Yurtboshimizga o‘z minnatdorchigimizni bildiramiz, - deydi mahalla raisi Valijon Sattarov. - Bugun mahallamiz qiyofasi tubdan o‘zgardi, ichimlik suvi va elektr ta’minotidagi muammolar bartaraf etildi. Qolaversa,  markazda 150 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi qurilayotgani bizni yanada xursand qildi.

Partiya faollari muloqot davomida aholi vakillariga “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturlari keng targ‘ib qildilar.

Targ‘ibot davomida partiya faollari tomonidan issiqxona tashkil etish istagini bildirgan 10ga yaqin aholiga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda  kredit olishlarida yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1759
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-08-13 10:53:29

“Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиш ҳудудлардаги ёшлар муоммоларини ўрганиш борасида тизимли ва самарали иш олиб бориш Партиямизнинг асосий фаолият мезонига айланиши керак.


Рузметова Говхар O'zLiDeP Шовот туман Кенгаши раиси ўринбосари2018-08-13 10:52:53

“Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари жойларда тўғри ва самарали ташкил қилиниши натижасида партия электарати вакиллари сафи анчага кўпайишига ёрдам беради.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-13 10:10:59

Партиямиз вакиллари аҳоли хонадонлари турмуш шароити билан яқиндан танишмоқда


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:00:02

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-13 08:32:08

Барча ахолиларда, жойлардаги бошлангич партия ташкилотларида партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши хар бир фукорага, хар бир хонодонга тадбиркорлик йуналиши буйича тушинтиришлар бериши узининг самарасини курсатмокда. Хакикатдан хам тадбиркорлик-давр талаби


Fikringizni qoldiring

+