O‘zLiDeP faollari kosonsoylik Zulfiya Qosimovaga limonariya tashkil etishda ko‘maklashadi

12.08.2018, 19:54

O‘zLiDeP faollari kosonsoylik Zulfiya Qosimovaga limonariya tashkil etishda ko‘maklashadi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

O‘zLiDeP faollari tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari Kosonsoy tumanidagi “Chindovul” MFY aholisi bilan uchrashib, hududdagi muammo va takliflarni atroflicha o‘rgandi.

Ishchi guruh  vakillari ikki kun mobaynida mazkur hududda yashovchi 70 dan ortiq aholi bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdi.

Uchrashuvlarda “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘g‘risidagi eng muhim ma’lumotlar aniq va sodda tilda tushuntirib berildi va aholining muammolari o‘rganildi.

Mahalla ahli bilan suhbatlashganimizda mamlakatizda olib borilayotgan bugungi islohotlardan minnatdor ekanligini his etdik. Hudud aholisi bugungi kunidan mamnun, shukronalik kayfiyatida bo‘lib, aholi o‘z tomorqasidan har bir qarich yerdan samarali foydalanayotgani guvohi bo‘ldik.

Zulfiya Qosimova ana shunday serg‘ayrat, shijoatkor yurtdoshlarimizdan biridir. Zulfiya opa ikkinchi guruh nogironi bo‘lishiga qaramay xonadonida 3 ta issiqxona tashkil etib, gul, pomidor, bodring, malina yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Tomorqasidan yiliga 20 million atrofida daromad oladi.

- Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, oilamiz ichki imkoniyatlaridan foydalanib daromad topyapmiz, - deydi Z. Qosimova. - Mehnat qilish orqali  kasalligimni unutaman, ham oilam ro‘zg‘origa baraka kiradi. Mana bugun partiya faollari bilan hamsuhbat bo‘lib, faoliyatimni yanada kengaytirish istagi paydo bo‘ldi. Tomorqamdagi 2 sotix maydonda limonariya tashkil etishni rejalashtiryapman.

Bu borada O‘zLiDeP faollari Z.Qosimovaga issiqxona tashkil qilishda yaqindan ko‘maklashadigan bo‘ldi.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan hudiu shu kabi issiqxona qurmoqchi bo‘lgan tomorqa yer egalarining 20 nafariga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qoshida tashkil etilgan Jamg‘arma hisobidan kredit ajratib berishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-13 17:17:26

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Гулноза Худаярова2018-08-13 10:42:05

Юртимизнинг бой табиий шароити ва аҳоли томонидан самарали фойдаланилмаётган унумдор бўш ерларнинг кўплиги, улардан самарали фойдаланилса Президентимиз томонидан бизларга билдирилаётган ишончни тўла оқлаган бўлар эдик


Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири2018-08-13 09:39:03

Партиямиз ходимлари томонидан худудларга чиқилиб, фуқаролар билан бевосита мулоқотда бўлиб, уларнинг муаммоларини ечим топишида амалий кўмак берилаётгани бу мулоқотлар номигагина эмас балки самарали натижа билан якун топаётганидан далолатдир.


Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилояти Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-08-13 09:32:57

Ҳудудларга чиқиб аҳоли муаммоларини ўрганиш, уларни бандлигини таъминлашга қаратилган амалий ҳаракатлар олиб боришда партиямиз томонидан бир қатор самарали ишлар олиб борилмоқда. Зулфия Қосимова каби тадбиркор ва ташаббускор инсонларга кўмак бериш, қўллаб қувватлаш бугунги даврнинг муҳим талаби.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 08:58:54

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-13 08:20:37

Партиямиз рахбарларининг ахоли билан сухбат утказишлари уларнинг дардини эшитиши, муоммаларини урганиш ва албатта имкон кадар ердам килишдек хайрли ишлари албатта мактовга сазовар. Айникса тадбиркорликни куллаб кувватлаш бу бизнинг максадимиз ва вазифамиз саналади.


Fikringizni qoldiring

+