O‘zLiDeP faollari mingbuloqlik Zikirillo Yaminovga mahsulotini eksport qilishga ko‘maklashadi

13.08.2018, 12:17

O‘zLiDeP faollari mingbuloqlik Zikirillo Yaminovga mahsulotini eksport qilishga ko‘maklashadi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

Bu galgi uchrashuv Mingbuloq tumanidagi “Mulkobod” MFYda tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu mahallada  “Obod qishloq” dasturi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududda ko‘p yillardan buyon toza ichimlik suvi yetkazib berish borasida uzilishlar mavjud  edi. Davlat dasturi doirasida ushbu muammo hal etilmoqda. Bundan tashqari, ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.

Mazkur mahallada 878 ta honadon bo‘lib, unda 5288 nafar aholi yashaydi. Mahalla ahli har bir qarich yerdan unumli foydalanib kelmoqda. O‘rganishlar davomidi aholi asosan, bog‘dorchilik, chorvachilik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlarini guvohi bo‘ldik.

 Aholi bilan bevosita muloqot davomida  70 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

-2 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, - deydi Zikirillo Yaminov. – Hozirda 3000 ga yaqin tovug‘im bor, kuniga 2500 dona tuxum olaman, daromadim yaxshi. Faoliyatimni yanada kengaytirib, ushbu tuxumlarni ichki bozordan tashqari eksport qilish niyatim bor.

Partiya faollari Z.Yaminovga murojaati bo‘yicha huquqiy maslaxat berib, eksport qilishga ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Nilufar Javharova va Akrom Ubaydullayevlarga ishga joylashish borasida yordam berildi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    972
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-13 17:12:48

Партиямиз халқ орасига тобора кириб бормоқда


Fikringizni qoldiring

+