O‘zLiDeP deputatlari tashlandiq bo‘lib turgan sport kompleksini qayta ta’mirlab berishda ko‘maklashadi

13.08.2018, 12:36

O‘zLiDeP deputatlari tashlandiq bo‘lib turgan sport kompleksini qayta ta’mirlab berishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP faollari tomonidan tuzilgan ishchi guruh Pop tumani “G‘urumsaroy” va “Kenagas” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etdi.

 Mazkur mahalla 2018 yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo‘lib, ulardagi 1511 xonadonlarda 6247 nafar aholi yashaydi. Aholining ko‘p qismi novvoychilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.

Kun davomida 80 ga yaqin aholi vakillari bilan suhbatlashilganda 75 dan ortiq taklif va murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, noreal qarzdorlik va bandlik, uy-joy masalasidir.

- Mahallamizda sportga qiziqishi bor yoshlar juda ko‘p, - deydi mahalla faoli Jo‘raboy Do‘stqo‘ziyev. - G‘urumsaroy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji hisobidagi bo‘sh turgan sport kompleksini ta’mirlab, yoshlarning vaqtlarini mazmunli o‘tishiga ko‘maklashilsa yaxshi bo‘lardi.

Kelib tushgan murojaat va takliflar Xalq deputatlar tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Bundan tashqari, mahalla  ahli o‘rtasida olib borilgan muloqot davomida “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturi mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Targ‘ibot mobaynida  tomorqasida issiqxona tashkil etish istagini bildirgan aholi vakillariga zaruriy maslahat va ko‘nikmalar berildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олимжон Тўхтаназаров2018-08-16 15:21:07

Ғурумсарой қишлоғида Спорт билан шуғулланувчилар жуда кўп. Лекин, шароит яратиш лозим. Аммо, "Обод қишлоқ" дастури бўйича Суратдаги спорт мажмуалари қачон таъмирланади? Ахир давлат бюджети маблағ ажратганку?


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-13 17:11:12

Ҳеч бир соҳа мамлакатни спортчалик дунёга танита олмайди. Шундай экан ёшларни спорт билан шуғилланишлари учун шарт-шароитлар яратиб беришимиз лозим


O‘zLiDeP Миришкор туман Кенгаши Дўстлик БПТ раиси Маматқулова Гулшод2018-08-13 15:25:11

O‘zLiDeP фаоллари ва депутатлари қишлоқлардаги ахоли билан юзма-юз мулоқот қилишлари ахолини муаммоларини ўрганишлари ва тадбиркорларга ёрдам беришлари тақсинга сазовор мен партия фаоли сифатида бундай юзма-юз мулоқатларни кўпроқ бўлиши тарафдориман


Fikringizni qoldiring

+