ATB “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on tuman filiali “ovqatlanish shaxobchasini kengaytirish uchun kredit ajrataman” degan va’dasini qachon bajaradi?

13.08.2018, 12:50

ATB “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on tuman filiali “ovqatlanish shaxobchasini kengaytirish uchun kredit ajrataman” degan va’dasini qachon bajaradi?

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Namangan viloyat kengashi xodimlari, mahalliy kengash deputatlari va partiya faollari eng chekka qishloq va mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lyapti.

Partiya vakillaridan iborat tuzilgan ishchi guruh a’zolari Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Qizilyozi” MFY aholi xonadonlari bilan muloqot qilishdi.

Qizilyozi mahallasida 383 ta xonadon mavjud bo‘lib, 2100 aholi istiqomat qiladi. Aholining aksariyat qismi bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi, mehnatkash bo‘lgani uchun xonadonlarda ishsizlar soni ortgan.

Uchrashuv davomida aholidan eskirgan elektr simyog‘ochlarni almashtirish, ichki ko‘chalarni asfalt qilish, qishloq oilaviy poliklinikasi, dorixona, hammom, bolalar uchun sport maydonchasi qurib berish borasida murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida partiya deputatlik guruhi a’zolariga tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natish borasida vazifalar belgilab berildi.

Aholi bilan bevosita muloqotimiz davomida ushbu mahallada ovqatlanish shaxobchasi yo‘qligi borasida ham murojaat qilindi.

Ishchi guruhimiz a’zolari ushbu mahallada istiqomat qilayotgan xususiy tadbirkor G‘ofurjon Kamalov bilan suhbatlashganida eski ovqatlanish binosini qayta ta’mirlash uchun tijorat bankdan kredit olishda muammoga duch kelganini bildirdi.

 O‘rganishlar davomida shunga amin bo‘ldikki, joriy yilning may oyida xususiy tadbirkor N.Kamalova dasturga tushgan “Olmazor” oshxonasi binosini rekonstruksiya qilish uchun ATB “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on tumani filialiga murojaat qilgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar bank tomonidan resurs yo‘qligini vaj qilib kredit ajratib bermagan.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimizki, mahalla aholisi va qo‘shni qishloqdan qatnovchi fuqarolarga zamonaviy ko‘rinishdagi ovqatlanish binosini qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun shunchalik jon kuydirib harakat qilayotgan tadbirkorga mablag‘ ajratib berishda tijorat bank vakillari o‘ta mas’uliyatsizlarcha yondashayapti deb baholash mumkin.

Ushbu muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida partiyamiz deputatlik guruhi vakillari o‘z nazoratiga oldi. 

Eldor Adilov,

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on

tuman Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1697
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умаржон2018-08-17 02:11:16

Банклар томонидан бундай тусикларга учраетган тадбиркорларга туман кенгашлари натижага эришгунча албатта ердам бериши керак.


ЎзЛиДеП Наманган вилояти бўлим мудири Эркинжон Ахмедходжаев2018-08-15 12:43:54

Айрим банклар томонидан тадбиркорларни хуқуқларини поймол қилишларига чек қўйиш лозим.


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-14 09:22:04

Тадбиркорлик қилиб аҳоли бандилигини таъминлашда банкларимиз кўмакдош бўлиши керак. Ёшларни иш билан таъминлаш учун барчамиз бирдек маъсулмиз.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-13 17:08:26

Тадбиркорлик билан шуғилланиб, аҳоли бандилигини таъминлашни ният қилган фуқароларга кредит ажратилишида кўмаклашиш зарур


O’zLiDeP Наманган вилоят Кенгаши мудири Музаффар Тухтасинов2018-08-13 13:10:40

Жуда долзарб муаммо кўтарилибди, бундай холатни дархол бартараф этиш мақсадга мувофиқ бўлади.


Fikringizni qoldiring

+