O‘zLiDeP faollari Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Guliston” va “Qo‘g‘ay”MFY aholisi bilan muloqotda bo‘ldi

13.08.2018, 23:49

O‘zLiDeP faollari Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Guliston” va “Qo‘g‘ay”MFY aholisi bilan muloqotda bo‘ldi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh vakillari Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Guliston” va “Qo‘g‘ay”MFY aholisi bilan bevosita muloqot olib borishdi.

Aytish joizki, mazkur mahalla Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, u yerda aholi xonadonlarining uylari ta’mirlandi, yo‘llarga asfalt yotqizildi, toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Partiya faollari har ikkala MFYlardagi 83ta xonadonlarga bevosita kirib borishdi. Uchrashuvlar jarayonida partiya faollari birinchi navbatda aholini tobora yaqinlashayotgan eng ulug‘ eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi va muborak Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar, “Yoshlar kelajagimiz” hamda “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi, ushbu dasturlarning hayotiy jihatlari oddiy, sodda tilda tushuntirib berildi.

Mazkur hududda jami aholi soni 2701 nafarni, xonadonlar soni 496 tani tashkil etadi. Axolining asosiy daromad manbai dexqonchilik va chorvachilikdan iborat. Mahalla hududidagi 50 ta xonadonlar o‘rganilganda 9 nafar aholi xonadonida issiqxona qurish uchun, 5 nafari parranda,
5 nafari esa kasanachilik bilan shug‘ullanish maqsadi borligi va imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat etdilar.

Ushbu murojaatlarni ijobiy hal etib berish maqsadida aholiga O‘zLiDeP ko‘magida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qoshida tashkil etilgan Jamg‘arma hisobidan 7 foizlik imtiyozli kredit ajratib beriladigan bo‘ldi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ж.Кадиров-O‘zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-14 16:41:16

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ вакилларига куч кувват ва ғайрат тилаймиз.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-08-14 14:57:24

ЎзЛиДеП ҳар бир хонадонга кириб бормоқда


Б.Саидолимов O'zLiDeP Хўжаобод туман Кенгаши 2018-08-14 12:12:11

Президентимиз ташаббуси билан бошланган “Обод маҳалла” дастурлари доирасида жойлардаги олиб борилаётган ишлар уз самарсини курсатиб келмокда. Партиямиз фаоллари хам мазкур лоихада фаол катнашиб, уз ердамини аянмасдан ахоли муоммаларини урганишга ўз хиссаларини қўшишмоқда. Куни кеча Халқ депутатлари Хўжаобод туман Кенгаши депутати Махфузахон Турғунова хам Хўжаобод тумани Солпи МФЙдаги кам таъминланган оилалар холидан хабар олиб, яқинлашиб келаётган Қурбон хайити ва Мустақиллигимизнинг 27 йиллик байрами билан табриклади. Шундай саховатпеша депутатларимиз доимо соғ бўлишсин.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-14 08:20:22

Давлатимиз рахбари ташуббуси билан кабул килинган “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари доирасида жойлардаги олиб борилаётган ишлар уз самарсини курсатиб келмокда. Шу уринда партиямиз фаоллари хам уз ердамини аянмасдан муоммаларини урганиб ердам килмокдалар.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-08-14 07:47:31

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ вакилларининг оддий аҳолини ташвишга солаётган муаммоларини ечимини топишдаги келгусидаги ишларига куч кувват ва ғайрат тилаймиз..


Fikringizni qoldiring

+