“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

14.08.2018, 15:45

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol — 2018” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Dastlab Ohangaron shahri Madaniyat va istirohat bog‘ida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari, ayollar, kelinlar va bolalar liboslari, zardo‘zlik, hunarmandlik va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

–Viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 27 nafar xotin-qiz o‘zaro bellashdi, — deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muyassar Djamoldinova. –Ishtirokchilarni baholashda esa innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishdagi faolligi, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratgani, eksportbop yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarayotgani va boshqa jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.    

Tanlovda “Sabina-Nazar-Kutyur” MChJ rahbari Sabina Abdunazarova 1-o‘rin, “Angren Etyud Sharq” MChJ rahbari Muhayyo Aliyeva 2-o‘rin, “Pokizaxon” o‘quv markazi rahbari Muattar Baxodirova esa 3-o‘ringa loyiq deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Shuningdek, tanlovda “Zamonaviy tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol”, “Tashabbuskor ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

      O‘zLiDeP Toshkent  viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1893
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умида ИСАЕВА2018-08-15 10:06:22

Аёллар қаноти томонидан ўтказилаётган лойихалар натижасида тадбиркор, фермер, ишбилармон ва бошқа соха вакиллари сони ва сифати кенгаймоқда.


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-14 18:13:11

Республикамизда аёлларга давлат даражасида эътибор каратилган булиб, ишбилармон аёлларнинг купайиши давлатимиз ривожига хисса кушади.


Дилшод Турсунбоев ЎзЛиДеП Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-14 17:13:45

Юртимизда аёлларга нисбатан этиборни кучайиб бораётганини гувоҳи бўлишимиз мумкин албатта.


Fikringizni qoldiring

+