O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 40 nafar xotin-qizni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
14.08.2018, 17:11
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Qo‘ng‘irot tumanidagi 1-sonli ko‘p tarmoqli poliklinikada “Oltinko‘l” MFY aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi.
Tibbiy ko‘rik davomida hududdagi 40ga yaqin xotin-qizlar malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ayollarga kerakli maslahatlar va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
– O‘zim uy bekasiman. Lekin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun poliklinikaga kelib ketishga vaqt topolmasdim, – deydi “Oltinko‘l” MFYda yashovchi P.Joldibayeva. – O‘zLiDePning bepul tibbiy ko‘rik tashkil etishidan xabardor bo‘lib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgani keldik. Shukurki, salomatligim yaxshi ekan, hech qanday kasallik alomatlari aniqlanmadi. Shunday tadbirlarni o‘tkazib, bizga yordam bergan partiya faollaridan minnatdormiz.
Tadbir so‘nggida bu kabi tibbiy ko‘riklarni tumanning boshqa mahallalarida ham o‘tkazishga kelishib olindi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Bildirilgan fikrlar
Хамидова Дилдора2018-08-15 10:57:09
O'zLiDeP томонидан ташкил этиладиган бепул тиббий кўриклар натижасида қариялар, ёш келинлар хамда коллеж битирувчи қизларини саломатлиги тикланмоқда. Хотин қизларни саломатлигини тиклаш натижасида аёлларнинг ижтимоий хаётдаги роли ва аҳамиятини оширишга эришилади. Партиямиз сафида хам хотин қизларнинг сонини ортиши қувонарли хол албатта.
Алишер Фозилов ЎзЛиДеП Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-15 09:23:11
Бугунги кунда хақиқатдан хам партиямиз тамонидан бепул тиббий куриклар ташкил этилаётганлиги юртимиз хотин-қизларига ва аҳолига қаратилаётган кучли этибор десак муболаға бўлмайди.
Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-15 08:40:23
Хакикатдан хам партиямиз тамонидан бепул тиббий курик ташкил этилиши бу она опаларга ва сингилларимизга эътибор саналади. У дегани келажакда соглом турмуш тарзи, соглом она соглом бала албатта мустахкам жамият таянчи булари сузсиз.
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-14 22:32:43
Аёлларни, опа-синглилларимиз тиббий кўригининг партиямиз томонидан ташкил этилиши биринчидан, партиямизнинг хотин-қизлар орасида нуфузи ва таъсирни оширади, иккинчидан партия сафларида хотин-қизлар сонининг ортишига олиб келади. Энг муҳими, келгуси авлодларимиз соғлигини таъминлаш ишига ҳар биримиз масъуллигини яна бир бор ҳис этамиз.