O‘zLiDeP “Qonliko‘lli Tazagul” xususiy korxonasida BPT tuzdi

14.08.2018, 18:08

O‘zLiDeP “Qonliko‘lli Tazagul” xususiy korxonasida BPT tuzdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Qonliko‘l tumanidagi “Qonliko‘lli Tazagul” xususiy korxonasida ochiq muloqot tashkil etdi.

Dastlab korxona rahbari Tazagul Turemuratova ishtirokchilarni korxona faoliyati va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.  

Ta’kidlash kerak, 2015 yilda o‘z faoliyatini savdo sohasida boshlagan korxona joriy yilning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturiga “Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasi bilan kiritilgan edi. Shu bois, tijorat banklarining 250 mln. so‘m miqdoridagi krediti hisobidan non ishlab chiqarish va tikish sexlari muddatidan avval ishga tushdi.  

– 2016 yildan buyon O‘zLiDeP a’zosiman, – deydi korxona rahbari T.Turemuratova. – Shu sababli partiya faollari doimiy ravishda korxonamizga kelib, faoliyatimizni rivojlantirishda ko‘maklashib turishadi. Yaqinda partiya ko‘magida 7 ta zamonaviy tikish mashinasi olib kelib, hududdagi 9 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladik. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Eng avvalo, faoliyatimizni kengaytirib, qo‘shimcha bo‘sh ish o‘rni yaratmoqchimiz.  

Tadbir davomida shuningdek, xususiy korxonada ishlovchi xotin-qizlarga partiyaning maqsad-vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

– Partiyaning g‘oyaviy maqsad va dasturi menda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuning uchun O‘zLiDePga a’zo bo‘ldim, – deydi korxona ishchisi Gulbaxor Umarova. – Tikuvchilikka bolaligimdan qiziqaman, hatto  kelajakda bu sohada tadbirkorlik faoliyatimni ham boshlamoqchiman. Bunda albatta partiya ko‘magiga tayanaman.

Tadbirda 5 nafar xotin-qiz partiya a’zoligiga qabul qilinib, korxonada partiyaning boshlang‘ich tashkiloti ochildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

 Respublikasi Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    850
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+