O‘zLiDeP xonobodlik Jumagul Normirzayevaga o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi

14.08.2018, 18:21

O‘zLiDeP xonobodlik Jumagul Normirzayevaga o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Lordgenbiznes” MChJda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

 Tadbirda Dastur doirasida har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, shuningdek, aholining moddiy sharoitini tubdan yaxshilash hamda turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

­–Davlatimiz tomonidan berilayotgan bunday imtiyoz va qulayliklar har bir oilaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratadi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri I.Sattarov. ­– Shu bois, Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda yanada faol va tashabbuskor bo‘lishimiz kerak. Maqsad bitta, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, odamlarning biznesga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash.

Tadbirda o‘z biznesini boshlash istagini bildirgan “Xonobod” MFYda yashovchi Jumagul Normirzayevaga partiya faollari tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    540
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дилдора Хамидова O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-15 11:13:49

Давлатимиз томонидан яратилаётган имтиёз ва қулайликлар хар бир оиланинг тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиши учун кенг имкониятлар яратилмоқда.


Нажим Атаназаров, Халқ депутатлари Косон туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-15 08:35:38

Давлатимиз томонидан берилаётган бундай имтиёз ва қулайликлар ҳар бир оиланинг тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланишига кенг имконият яратилмоқда. Белгиланган вазифалар ижросини таъминлашда янада фаол ва ташшабускор бўлишимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+