O‘zLiDeP deputati qo‘ng‘irotlik Q.Jadigerovaga imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashadi

15.08.2018, 18:36

O‘zLiDeP deputati qo‘ng‘irotlik Q.Jadigerovaga imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Qangli” MFYda ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida partiya faollari xonadonma-xonadon yurib, hududda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rgandi.

Shuningdek, mahalla ayollariga tadbirkorlik sohasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati, “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar - kelajagimiz” davlat Dasturlarining ahamiyati, ajratilayotgan kredit turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. 

–Mahallamizda 1002 nafar aholi istiqomat qiladigan bo‘lsa, shundan 2 ming 460 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi, – dedi “Qangli” MFY raisi Z.Seydullayeva. – Ochig‘i, partiya faollarining mahallamizga kelib, odamlar bilan muloqot qilganidan nafaqat men, balki butun mahalla ahli xursand bo‘ldi. Nega desangiz, ular odamlar bilan shunchaki muloqot qilmay, ayollarning ko‘pchiligini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga o‘rgatdi, muammolarini hal etib berdi.

Qo‘ng‘irotlik Q.Jadigerova aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkor o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida non sexi ochishni rejalashtirgan. Buning uchun unga biroz mablag‘ yetishmayapti, xolos.

Uchrashuv yakunida mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi orqali tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi  yuborish orqali ijobiy hal etishga kelishib olindi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1065
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+