O‘zLiDeP fan-texnika sohasida izlanayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi

15.08.2018, 18:41

O‘zLiDeP fan-texnika sohasida izlanayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Aziz va yagonamsan, jonajon  O‘zbekistonim!” shiori ostida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalariga oid dolzarb masalalar” mavzuida amaliy muloqot  tashkil etdi.

Tadbirda oliy o‘quv yurtlari olimalari, doktorant, ixtirochi, injener, konstruktor, tadbirkor, ishbilarmon, fermer xotin-qizlar, “Turon” fanlar akademiyasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari qatnashdi.

–Tadbirdan ko‘zlangan maqsad viloyatda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalarini yaxshilash, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantirishda ayollarning ishtirokini oshirish, olima ayollarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlashdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi STM rahbari Jamila Sayfiddinova. – Ma’lumki, har qanday mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinni egallaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat sohasini esa xom-ashyo bilan ta’minlash agrar soha zimmasidagi asosiy vazifa ekanini inobatga olsak, qishloq xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda O‘zLiDeP ham fan-texnika sohasida izlanayotgan olima ayollarni tadbirkorlik va agrar sohalarda innovatsion ishlanmalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratayotir.  

Tadbirda shuningdek, tadbirkor va fermer xotin-qizlar faoliyatini innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda yanada rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, fan va ta’lim sohalarida innovatsion texnologiyalarning o‘zaro aloqadorligi, yaratilayotgan yangidan-yangi texnologiyalar hamda ishlanmalar (o‘simlik, meva, sabzavot navlari va x.k) bilan yaqindan tanishtirish maqsadida viloyatdagi tadbirkor va fermer, ishbilarmon hamda olima ayollarning eksport mahsulotlari hamda innovatsion ishlanmalari xususida ham so‘z yuritildi.

Tadbir so‘nggida hamkor tashkilotlar vakillari hamda partiyaviy loyihalarda faol ishtirok etgan xotin-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ш.Ахмедова O'zLiDeP Косон туман кенгаши раисининг аёллар масалалари бўйича ўринбосари2018-08-16 09:08:48

Ҳудудларда ўтказилаётган амалий мулоқотлар инновацион технологияларни ривожлантиришда таълим, фан ва бизнес тизимлари ўзаро алоқаларини яхшилаш, тадбиркорлик ва фермерлик фаолиятини ривожлантиришда аёлларнинг иштирокини ошириш, олима аёлларни ҳар томонлама қўллаб- қувватлаш, мамлакат иқтисодиётини ривожлантиришда қишлоқ хўжалиги, аҳолини озиқ-овқат маҳсулотлари, саноат соҳасини эса хом-ашё билан таъминлаш аграр соҳа зиммасидаги асосий вазифа эканини, ҳалқимизнинг ижтимоий-иқтисодий ҳаётимиздаги аҳамияти яққол намоён бўлади.


Fikringizni qoldiring

+