O‘zLiDeP deputati “Ilonsoy – Siyob bozor” yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun so‘rov yubordi

15.08.2018, 18:49

O‘zLiDeP deputati “Ilonsoy – Siyob bozor” yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun so‘rov yubordi

Samarqand tumani “Navruz” MFY hududidagi “Ilonsoy” qishlog‘ida 54 ta xonadon bo‘lib, ularda 158 nafar aholi istiqomat qiladi.

Lekin shunga qaramay bugun hududda tadbirkorlik sub’ekti ham, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish markazi va savdo do‘konlari ham mavjud emas. Eng yomoni, qishloqda bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktabi yo‘q.

To‘g‘ri, “Obod qishloq” dasturi doirasida hududda “Mahalla markazi”, “Nuroniylar choyxonasi”, savdo do‘konlari, 20 o‘rinli xammom, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, dorixona, kichik futbol maydonchasi qurish rejalashtirilgan.  Biroq hozirga qadar natijadan darak yo‘q.         

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidan iborat ishchi guruh a’zolarining o‘rganishlari natijasida bu yerda ham ko‘plab muammolar to‘planib qolgani oydinlashdi.

Oqova va ichimlik suvi tanqisligi, gaz ballonlarning o‘z vaqtida yetib kelmasligi, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoit yaratilmagani shular jumlasidandir.

Yana bir gap. Shu vaqtga qadar “Ilonsoy-Siyob bozori” yo‘nalishi bo‘yicha jamoat transporti yo‘lga qo‘yilmagan. Natijada maktab o‘quvchilari qishloqdan 15 km uzoqlikda joylashgan Gulobod qo‘rg‘onidagi 38-o‘rta maktabga, aholi esa Siyob dehqon bozoriga qatnayapti.

Ishchi guruh a’zolarining o‘rganish yakunlari partiya viloyat Kengashida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Baxtigul  QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1609
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бахтиёр Мустафаев ЎзЛиДеП фаоли, Самарқанд шаҳри2018-08-19 09:56:46

Биргина “Илонсой” қишлоғида шунча муаммолар бор экан, шу ҳудуддан сайланган депутат қаерга қараяпди?. Бу борада барча депутатларимизни фаолликка чақириб қолган бўлардим.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-08-16 09:52:36

Самарқанддаги мавжуд муаммоларга депутатлик сўровлари юборилганлиги мутасадди ташкилот ходимларини сергаклантирса ажаб эмас. Ўйлайманки тез орада "Илонсой" қишлоғи аҳолисини қийнаётган мавжуд муаммолар ижобий ечим топади.


Fikringizni qoldiring

+