Sayyor qabul: muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirildi

16.08.2018, 18:00

Sayyor qabul: muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirildi

O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi “A.Navoiy” MFYda sayyor qabul tashkil etdi.

Aholi bilan muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda asosan, ishga joylashish, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish, kredit mablag‘i olish, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. 

 “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.Mamatqulov onasi og‘ir dardga chalinganini, kasallik bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi zarurligi va buning uchun bepul dori-darmon kerakligini aytdi. Ushbu masalada xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan shahar tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.

Shu hududda yashovchi M.Xayitoxunov ko‘p yillar davomida 2-avtobazada ishlagan. Shu bois, unga 1995 yilda avtobaza tomonidan uy-joy berilgan. Biroq hujjatlarni sohtalashtirgan avtobaza direktori fuqaroga tegishli uydan uni chiqarib yubordi.

Sayyor qabulda so‘z olgan M.Hayitoxunov shu masalada mutasaddilardan ko‘mak so‘radi. Uning murojaati shu yerning o‘zida o‘rganib chiqilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal etiladigan bo‘ldi.

–To‘g‘risi, hududimizda tashkil etilgan sayyor qabuldan mahallamiz ahli xursand, – deydi “M.Ulug‘bek” MFY raisi Boqijon Holboyev. – Boisi, yuzma-yuz muloqot davomida asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, fuqarolarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, bandlik masalalari yuzasidan aholining murojaatlari o‘rganildi. Asosiysi, har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, aholi noroziligiga sabab bo‘lgan muammolarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. 

Umuman, sayyor qabul davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

UzLiDeP РИШТОН ТУМАНИ ҚЙРАҒОЧ ҚИШЛОҒИ БПТ РАИСИ ТОЛИПОВ ЭЛЁРЖОН2018-08-17 12:45:01

АСОСИЙ МАҚСАДИНИ ХАЛҚНИНГ ФАРОВОН ТУРМУШИ ВА МУАММОЛАРДАН ХОЛИ ЯШАШИ УЧУН ҚАРАТГАН БУ КАБИ УЧРАШУВЛАР ЭНГ АВВАЛО ЧЕККА ХУДУДЛАРДА ЯШАЁТГАН ВАТАНДОШЛАРИМИЗ УЧУН КЎМАКЛАШМОҚДА. МУШКУЛЛАРИНИ ОСОН ҚИЛИБ МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ ТОПИШИДА КЎМАКЛАШМОҚДА. ШУ КАБИ УЧРАШУВЛАР КЎПЛАБ ОИЛАВИЙ ТАДБИРКОРЛАРНИ, ЁШ ФЕРМЕР ВА ХУНАРМАНДЛАРНИ ҲАМ ҚЎЛЛАБ ҚУВВАТЛАМОҚДА.


Бекзод БОБОМУРОТОВ O'zLiDeP Навоий вилояти Нурота туман бўлими аппарат раҳбари2018-08-17 12:25:13

Партиямиз ходимларининг саййи ҳаракати билан тез-тез ўтказиладиган сайёр қабуллар халқимиз дардига дармон бўлади. Муаммолари камайиб, ҳаётга бўлган ишончи янада ошади.


Илхом ИСЛОМОВ ЎзЛиДеП Нурота туман бўлими, депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-08-17 12:21:39

Бу каби сайёр қабулларнинг тез-тез ўтказилиши халқимизнинг муаммолари ечилиши ва турмуш тарзи фаровон бўлишга ёрдам беради


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-17 08:20:58

Партиямиз фаоллари катнашидаги саёр кабулларда ахоли мурожаатлари диққат билан тингланиб аксарияти шу жойнинг узида ўз ечимини топмокда. Бу эса ахолининг партиядошларимизга депутатларимизга ишончи ортишига асос буляпти. Халкнинг дарди билан яшаш- жамиятимизнинг талаби эканлиги барчага маълум. Саёр кабулларни купрок ташкиллаштириш тарафдоримиз


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-16 18:30:32

Партиямиз раҳбарияти, депутатлари ва фаоллари томонидан ташкил этилаётган бундай сайёр қабуллар биринчи навбатда аҳоли муммоларини бартараф этишга кўмаклашаётган бўлса, иккинчи томондан партиямизнинг аҳоли орасида нуфузи ва таъсирининг ошишига хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+