O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatida o‘z faoliyatini olib bormoqda

17.08.2018, 16:13

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatida o‘z faoliyatini olib bormoqda

Avval xabar  berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari Samarqand va Namangan viloyatlarida bo‘lib, partiya faollariga aniq vazifalar yuklagan holda hududdagi ahvol bilan yaqindan tanishish va joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida aholi bilan bevosita muloqot tizimini yo‘lga qo‘yishgan edi.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Jizzax viloyatida o‘tkazilishi belgilandi.

Tumanlardagi aholi shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, muammolarini o‘rgangan holda ularga partiyaviy vositalar orqali yechim topish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish tizimini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida partiyaning Jizzax viloyat, tuman, shahar Kengashlari raislari, apparat rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda BPT raislari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda partiya oldida turgan ustuvor vazifalar, uning jamiyatdagi o‘rni va roli, partiya g‘oyalarini aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida partiya xodimlari, deputatlarning aholi orasida kirib borishda faolligini oshirish, a’zolar safini kengaytirish, BPT faoliyatini yanada takomillashtirish, kelgusi saylovlarga nomzodlarni tanlab olishda faol liderlarni izlab topish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv so‘nggida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida oddiy xalqchil  tilda targ‘ibotini ko‘chaytirish yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, joylarda bu kabi muloqotlarni  o‘tkazishga kelishib olindi. 

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1053
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хамидова Дилдора O'zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши2018-08-17 17:23:32

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси томонидан ташкил этилган ишчи гуруҳ Жиззах вилоятидаги аҳвол билан яқиндан танишиш ва жойлардаги муаммоларни ўрганиш мақсадида аҳоли билан бевосита мулоқот тизимини йўлга қўйишди. Ишчи гурух аҳолига кредитлар олиш каби куплаб муммоларига кўмаклашишмоқда.


Fikringizni qoldiring

+