O‘zLiDeP yangiobodlik yosh tadbirkorga 100 mln. so‘mlik kredit olib berdi

17.08.2018, 16:56

O‘zLiDeP yangiobodlik yosh tadbirkorga  100 mln. so‘mlik  kredit olib berdi

Avval xabar qilinganidek, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muamolarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyati Yangiobod tumanida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari dastlab tumanda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi. O‘rganishlar jarayonida hududda yangi maktab qurilib foydalanishga topshirilayotgani, shuningdek, hammom, go‘zallik saloni barpo etilayotgani aniqlandi.

Biroq aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlik muammosi borligi ayon bo‘ldi. Shu sababli, ish masalasida murojaat qilgan fuqarolarga “Har bir oila – tadbirkor” Dasturining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berilib, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga biznes rejalar tuzishda ko‘maklashildi.

“Baxt” ko‘chasida yashovchi Muharram Mirsaidova ko‘p yillardan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Lekin tinib-tinchimas yosh tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, tikuvchilik tsehi ochmoqchi. Buning uchun esa unga 100.000 million so‘m miqdorida mablag‘ kerak.

Ishchi guruh rahbari Nasim Hoshimov tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi kafilligi bilan tadbirkorga “Qishloq qurilish bank” tuman filiali tomonidan yuz million so‘m miqdorida kredit ajratiladigan bo‘ldi.                                  

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+