O‘zLiDeP deputati “Buyuk ipak yo‘li” QFYdan tuman markaziga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun so‘rov yubordi

17.08.2018, 19:28

O‘zLiDeP deputati “Buyuk ipak yo‘li” QFYdan  tuman markaziga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun so‘rov yubordi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari xalq bilan muloqot qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolarga yechim topish maqsadida  Paxtakor tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” QFYda bo‘ldi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida hududda oqova va ichimlik suvi tanqisligi, gaz ballonlarning o‘z vaqtida yetib kelmasligi, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoit yaratilmagani aniqlandi.

Ushbu ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida partiya deputatlik guruhi a’zolariga tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natish borasida vazifalar belgilab berildi.

Shu hududda yashovchi Alisher Irisboyevning aytishicha, qishloqdan tuman markaziga borish uchun transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa aholiga turli qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Ushbu muammo atroflicha o‘rganib chiqilib, murojaat yuzasidan xalq noibi Dilshod Qobulov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, muloqotlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni shu yerning o‘zida bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilot vakillari ham jalb qilindi.   

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1444
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+