O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pudina va Mudin qishloqlari aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

17.08.2018, 23:04

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pudina va Mudin qishloqlari aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh vakillari Qashqadaryo viloyatining barcha tuman aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lishmoqda. Koson tuman aholisi bilan bevosita muloqot davomida qishloq va mahallalardagi mavjud muammolar, yillar mobaynida hal etilmayotgan masalalar o‘rganildi, ularga yechim izlandi.

Koson tuman Pudina va Mudin qishloqlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 2010 yil suv to‘plash inshooti qurilib, zarur tarqatish uskunalari bilan ta’minlangan edi. Ammo mazkur inshootga Qarshi-Muborak magistral suv yo‘lidan suv keltirish uchun 18 km suv quvuri tortilishi kerak.

- Bizga mazkur muammoni ijobiy hal etishda partiya deputatlari amaliy yordam bersalar, boshimiz ko‘kka yetardi, - deydi mahalla faoli To‘ychi Nuriddinov. – Bu haqda murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Ammo hech kim eshitishni istamayapti.  Bu inshootni qurish uchun 1 milliarddan ko‘proq mablag‘ sarf etilgan. Ushbu inshoot ishga tushirilsa, ikki qishloqda istiqomat qilayotgan 10 ming nafardan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lardi. Xolbuki, ayni paytda bu qishloqlarda yashovchi odamlar bir mashina suvni 50-60 ming so‘mga sotib olishayapti. 

Mazkur muammoni chuqurroq o‘rganish va maqbul yechimlarini topish yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashi deputatlik guruhi a’zolari tuman kengashining navbatdagi sessiyasiga masala kiritishga kelishib olindi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari aholi bilan bevosita muloqot davomida fuqaro Furqat Asomiddinov qishloqda bog‘cha qurish maqsadida tuman hokimligidan ruxsat va banklardan kredit ololmayotgani borasida o‘z e’tirozlarini bildirdi. Partiya faollari va deputatlik guruhi a’zolari ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rov jo‘natadigan bo‘ldi.

Olimjon MAVLONOV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1185
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-18 08:06:00

Хозирги кунда халкимизнинг онги анча юкори савияда эканлиги, бу хар бир шахснинг уз хукук мажбуриятларини тулаконли англаб етишида. Хакикатдан хам жамият хам шуни талаб килади. Мустакиллигимиз туфайли барча сохаларда эркинлик булган бир пйатда бу маколадаги муоммалар албатта кимни булса хам уйлантиради. Биз йулаймиз бизнинг УзЛиДеП фаоллари бу масалани албатта тегишли жойларга етказиб тез кунда ечишига ердам килади


Fikringizni qoldiring

+