Chiyal chiroy ochmoqda

17.08.2018, 23:23

Chiyal chiroy ochmoqda

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.

O‘zLiDeP faollari tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari Chiroqchi tumanidagi “Chiyal” MFY aholisi bilan uchrashib, hududdagi muammo va takliflarni atroflicha o‘rgandi. Uchrashuvlarda “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘g‘risidagi yangiliklar tushuntirilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. 

-Tomorqadan unumli foydalanib poliz mahsulotlaridan yuqori daromad olishni yo‘lga qo‘yganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q, - deydi Chiyali MFY Toqchi qishlog‘ida yashovchi Akmal Ergashev. – Bugungi muloqotdan so‘ng “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida faoliyatimni yanada kengaytirib, chorvachilik va parrandachilikni ham yo‘lga qo‘yishga ahd qildim.

Ta’kidlash joizki, “Obod qishloq” dasturi doirasida deputatlar ko‘magida “Chiyal tikuvchilik” sexi tashkil etilib, 12 nafar yosh qizlarning bandligi ta’minlandi. Hududdagi Uymovut qishlog‘ida 50 o‘rinli bolalar bog‘chasi tashkil etildi.

  • Ko'rildi
    2557
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-18 08:10:28

Партиямиз фаоллари тамонидан жойлардаги утказилаетган хар бир учрашувларда “Ҳар бир оила-тадбиркор” ва “Yoshlar – kelajagimiz” дастурлари доирасида тадбиркорлик билан шуғулланмоқчи бўлган ёшларга ва ҳар бир оилага имтиёзли кредитлар ажратилиши тўғрисидаги имтиезлар, кулйаликлар, кредитларнинг муддати узайттирилганлиги тушунтирилиши ман бугинги кунда уз самарасини бермокда. Албатта тугри тушинган хар бир шахс бу имкониятдан фойдаланади


Fikringizni qoldiring

+