Bog‘cha yo‘q, maktab esa o‘quv yiliga tayyor emas...

19.08.2018, 01:32

Bog‘cha yo‘q, maktab esa o‘quv yiliga tayyor emas...

Muborak tuman Chorvador mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qoraqum qishlog‘ida 689 xonadonda 4035 aholi yashaydi. Shundan 535 nafari bog‘cha yoshidagi bolalardir. Hududda “Obod qishloq” dasturi doirasida 135-o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra 2019 yilga qoldirildi.   2,5 km. yo‘l asfalt qilinishi kerak bo‘lsa-da, hali ishlar boshlangani yo‘q. 

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruhi  qishloqdagi 6-maktab binosin o‘quv yiliga tayyorligi bilan qiziqdilar. Maktab  kapital ta’mirlashga tushgan ekan. Bugun maktabga borsangiz, ta’bingiz xira bo‘lishi turgan gap. Direktor Ziyodulla Zokirovni maktabdan topa olmadik. Bir qarashda maktab kapital ta’mirlanayotganiga ishonging kelmaydi. Ishlar chala bajarilayapti. Hamma joy vayrona bo‘lib yotibdi. O‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.  Sinib yotgan pollar, qo‘porilgan zinalar, axlatxonaga aylangan maktab binosini ko‘rib, bu ziyo maskanida 1 sentyabrdan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga ishongimiz kelmadi. Chunki bu yerda hali ko‘p ish qilinishi kerak. Ta’mirlash ishlarini “Muborak ta’mir quvur servis” MChJ quruvchilari olib borishayotgan ekan. Shoshqaloqlik bilan bajarilgan suvoq ishlari talab darajasida emasligi oydek ravshan. Kechagina buyoqdan chiqarilgan sinfxonalarda murg‘ak bolalarni saboq tinglashlarini tasavvur etavering. Bunday xonada tuman rahbarlari ham uzoq vaqt o‘tira olmasa kerak. Sport zalidagi chirib ketgan pollarni bo‘yab qo‘yishayapti.

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1434
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+