20 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi

19.08.2018, 01:37

20 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruhi a’zolari Kitob tuman Sevaz va Denov qishloqlarida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lishib, uyushmagan yoshlarning bandligi bilan qiziqdilar.

Muloqotlar davomida bu qishloqlarda ham ishsizlik muammo ekanligini aniqlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qahramon Ergashevning ko‘magi bilan 20 nafar yigit-qizlar “Sevaz” Androniks mas’uliyati cheklangan jamiyatga ishga joylashtirildi. Endilikda ular korxonaning olmani saralash va qayta ishlash sexlarida ishlamoqdalar.

Ishchi guruhi tashrifi davomida o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 11 nafar yoshlarning loyihasi “Har bir oila tadbirkor” dasturiga kiritildi va banklardan moliyaviy ko‘mak ajratilishiga amaliy yordam beriladi. Shuningdek, Rus qishlog‘ida yashovchi odamlarning tomorqalarini oqova suv bilan ta’minlash uchun tuman kengashi deputati tomonidan so‘rovnoma yuborildi. 

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1212
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-08-19 08:08:18

Уюшмаган ешларни ишга жалб килиш бу хозирги куннинг муоммалаи масалаларидан саналади. Мана Партиямиз фаолларидан тузилган ишчи гурух ердами билан 11 нафар ёшларнинг “Ҳар бир оила тадбиркор” дастури асосида иш билан таъминланишига ердам килиниш бу катта куч албатта.


Fikringizni qoldiring

+