Navoiylik “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari Toshkentda (+FOTO, VIDEO)

20.08.2018, 15:25

Navoiylik “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari Toshkentda (+FOTO, VIDEO)

Kuni kecha “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar!” shiori ostidagi yoshlar forumi ishtirokchilari, O‘zLiDePning Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari uchun Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.

Dastlab ishtirokchilar poytaxtimizning Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yishdi.

Shundan so‘ng ular O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida bo‘lib, partiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.  

—Bugungi kunda O‘zLiDeP Dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga salmoqli hissa qo‘shib kelinmoqda, deydi – O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jo‘rabek Aslonov. —Bu borada olib borilayotgan ishlar partiyaning yoshlarda tadbirkorlikka oid chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda biznes tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini singdirishga ko‘maklashishdek dasturiy maqsadlariga hamohangdir. Ushbu sayohatning o‘tkazilishi mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomidir. Chunki ushbu tashrif yoshlarni mamlakatda yangi qabul qilinayotgan qonunlar bilan yaqindan tanishtirish barobarida, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirishda yaxshi samara beradi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida yoshlar o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. 

Shundan so‘ng, bo‘lajak deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib, partiyaning parlamentdagi fraksiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga parlament faoliyati, qonun ijodkorligi, o‘tgan 27 yil davomida fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar masalasiga qayta-qayta e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligi, joylarda yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish va shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolayotganligi ta’kidlandi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan muhokamalarda keyingi ikki yilda mamlakatimizda yosh avlodning mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

—Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi ish faoliyati bilan tanishar ekanman, deputatlik faoliyati haqidagi tasavvurlarim mutlaqo o‘zgardi. Aholi manfaati, ularning talab va takliflari yuzasidan kelib chiqib, qonun loyihalarining tayyorlanish jarayoni, ayniqsa menda katta taassurot qoldirdi. Kelajakda men ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishni yuragimga tugib qo‘ydim va bu borada O’zLiDeP tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga astoydil harakat qilaman, deydi – Zarafshon shahar Kengashidagi “Kelajak deputatlari” guruhi a’zosi Kumush Suvonova.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan kelib chiqib, partiyaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish vaqti kelganligi qayd etildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Turin politexnika universitet qoshidagi Innovatsion texnoparkiga ham tashrif buyurishib, u yerda olib borilayotgan ishlardan bahramand bo‘lishdi.

Aytish joiz, universitet qoshidagi mazkur “Texnopark” innovatsiya markazida  yangiliklar yaratish uzluksiz jarayonga aylangan. Bu yerda amalga oshirilgan loyihalarning aksariyati allaqachon odamlarning ko‘makchisi va dastyoriga aylanib ham ulgurdi.

Tashrif chog‘ida bo‘lajak deputatlar markazda ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati katta bo‘lgan turli loyihalar ustida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Keyingi manzil Chilonzor tumanidagi “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi bo‘ldi.

Bu yerda mamlakatimizning muvaffaqiyatga erishgan yetakchi tadbirkorlari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida tajribali tadbirkorlar yoshlarga muvaffaqiyatga erishishning omillari haqida o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda so‘zlab berdi. Tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunlar, biznes-reja tuzish va uni amalga oshirishda bank kreditlaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2032
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-08-23 23:17:04

Yoshlarni qo'llab quvvatlashda O'zLiDeP har doim faol. Bu esa o'z navbatida partiyamiz kelajagini ishonchli va iqtidorli kadrlarga boyitadi.


Azimbek2018-08-21 23:05:29

Men "Kelajak Deputatlari" guruhi tarafdori sifatida ushbu tashrifni amalga oshirishda kamarbasta bo'lgan barcha-barchangizga shahrimiz yoshlari nomidan minnatdorchilik bildiraman. Ulug' niyat sari shahdam qadam tashlaymiz, Bir yoqadan bosh chiqarib ezgu ishlar boshlaymiz Tadbirkorlar yo'lini doim ochib bergaymiz BIZ LIBERAL YOSHLARI Ishbilarmon kishilar ming loqayddan yaxshidir "Kelajak deputatlari" partiyamizning naqshidir Yurt ravnaqi eng oliy maqsadimiz BIZ LIBERAL YOSHLARI


Azimbek2018-08-21 23:05:28

Men "Kelajak Deputatlari" guruhi tarafdori sifatida ushbu tashrifni amalga oshirishda kamarbasta bo'lgan barcha-barchangizga shahrimiz yoshlari nomidan minnatdorchilik bildiraman. Ulug' niyat sari shahdam qadam tashlaymiz, Bir yoqadan bosh chiqarib ezgu ishlar boshlaymiz Tadbirkorlar yo'lini doim ochib bergaymiz BIZ LIBERAL YOSHLARI Ishbilarmon kishilar ming loqayddan yaxshidir "Kelajak deputatlari" partiyamizning naqshidir Yurt ravnaqi eng oliy maqsadimiz BIZ LIBERAL YOSHLARI


Dilshodjon2018-08-21 21:05:19

Biz yoshlar judayam xursand bo‘ldik bunaqa ishlarni amalga oshirishda Navoiylik "Kelajak deputatlari" guruhi a‘zolari hech qachon charchashmaydi bizning kichkinagina tashabbusimizni qo‘llab quvvatlagani uchun Partiya rahbariyatiga barcha "Kelajak deputatlari" guruhi a‘zolari nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman


Kumush2018-08-20 19:57:31

Firlarim judayam yaxshi tariflasam shunchali kam


Kumush2018-08-20 19:55:38

Fikrlarim judayam ko'p men bu partiyaning faol yosh deputat bo'lganomdan faxrlanam .


Fikringizni qoldiring

+