Joriy yilda Surxondaryoda oilaviy tadbirkorlik uchun 20 milliard so‘mlik kredit ajratildi

20.08.2018, 16:21

Joriy yilda Surxondaryoda oilaviy tadbirkorlik uchun 20 milliard so‘mlik kredit ajratildi

Bu haqda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi va Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi hamkorligida “Oilaviy tadbirkorlar va fermerlarga imtiyozlar yanada ko‘paydi” mavzuida tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Muloqotda “Har bir oila - tadbirkor” Dasturi doirasida faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, eng muhimi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.  

Qayd etilganidek, joriy yilda Dastur doirasida viloyatdagi barcha tijorat banklari tomonidan kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 20 milliard so‘m, 30 dan ortiq tomorqa yer egalariga 450 million so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan.

­-Haqiqatdan ham, bugun viloyatimizda mazkur Dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Tursunali Abdullayev.- Bu jarayonda partiyamiz ham qarab turgani yo‘q. Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yosh tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Maqsad bitta,  har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish uchun sharoit yaratish.

Muloqot so‘ngida partiya elektorati bo‘lgan fermerlar va shahsiy tomorqa yer egalariga ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish orqali oilaviy tadbirkorlik va fermerlik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1312
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Hakimov2019-04-16 14:47:46

Har bir Oila tadbirkor dasturi Amalga oshirldi Maksad har bir oilani Tadbirkorlik bilan shug'ilanishi va barqaror daromat manbayiga ega bolishi sharoit yaratishdan iborat Lekin Surhondaryo viloyat Sherabod Tumanida Chorvachilik Qora molchilik, Qo'ychilikga Imtiyozli kriditlar Ajratilib berilmayapti Sabab Shahsan Men Hakimov Yashnarbek Hakimovich 1998yil 20noyabrda tavalud topganman Men Chorvachilik bilan shug'ilanmoqchiman Shunga qiziqaman lekin meni oilaviy sharoitm yoqligi tufayli qilolmiman Kridit omoqchi edim xamma dokumenti qilib boganimdan keyin chorvachilik yopildi boldi Dep bank xodimlari Iltimos qilaman menga sababi nimaga unday Ekanligini aytishingzni sorayman Men qowimcha ish o'rinlari ajratib Yow tadbirkor bo'lmoqchi edim lekin orzularim Amalga oshmadi


Сариосиё туман Кенгаши Ижрочи Котиби Ф.Сохибов2018-08-22 15:13:09

Чарчамайлик. Барчага якинлашиб келаётган Ватанимиз мустакиллигининг 27 йиллиги муборак булсин.


Fikringizni qoldiring

+