O‘zLiDeP faollari Oltinko‘l tumani aholisi bilan muloqotda bo‘ldi

20.08.2018, 16:51

O‘zLiDeP faollari Oltinko‘l tumani aholisi bilan muloqotda bo‘ldi

Kuni kecha O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi Ayollar qanoti bo‘limi, Oltinko‘l tuman Kengashi Oltinko‘l tumani “Bo‘ston”, “Oq tepa” MFYda  yashovchi aholi muammosini o‘rgandi.  

“Oqtepa” MFYda 537 ta xonadon bo‘lib ularda 2893 aholi istiqomat qiladi. “Bo‘ston” MFYda esa 543 xonadonda 2976 ta aholi yashaydi.

–Tadbir davomida har bir tuman aholisini Yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan Qaror va Farmonlari bilan tanishtirgan xolda ularni oilaviy tadbirkorlikka chorladik, – deydi Andijon viloyat Kengashi Ayollar qanoti bo‘limi mudiri Umida Isayeva. –Ba’zi bir xonadonlarda tadbirkorlik hamda fermerlik qilish imkoniyati mavjud bo‘lsada ular bu yo‘nalishda o‘quvlari yo‘qligi sababli ish boshlay olmayotganlarini aytishdi. Partiya xodimlari shunday oilalarga tadbirkorlik boshlash uchun maslaxatlar berdi va o‘z biznesini boshlashga moddiy imkoniyati bo‘lmagan fuqorolarga esa kredit olishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.  

Shuningdek, muloqot jarayonida Ulug‘vor ko‘chasida ichimlik suv hamda tabiiy gaz ta’minoti yetishmasligi aniqlandi. Ushbu muammo bo‘yicha O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi raisi B.Azimov nomidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborildi.

Umida Isayeva,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хамидулло2018-08-25 17:16:04

Балким исм фамиляси сизнинг исм фамилиянгиз билан бир хилдир, Мевалик дарахтга тош отилади! демак бу тадбиринглар пиар бўларкан, O'zLiDeP олға, мен хам сизларнинг партиянгизга қизиқишим ортиб бормоқда. ишларингизга омад ёр бўлсин!


Хўжаобод туман Кенгаши аппарат рахбари Баходир Саидолимов.2018-08-25 16:45:05

Юқорида ёзилган фикр меники эмас. Эхтимол кимдир биров танқидий фикр билдирмоқчи бўлгандир. Мард инсон фикрини ўзининг номидан билдиради. Номард кимсагина бир чеккада туриб, бировнинг номидан ғаламисона гап айтади. uzlidep.uz сайтининг админстраторидан илтимос қилган бўлар эдим, юкоридаги Баходир САЙДОЛИМОВ номидан 2018 йил 20 август куни соат 18 22да ёзилган мавхум фикр қайси компютер орқали ёзилганини аниқлаб берса.


Баҳодир САЙДОЛИМОВ2018-08-20 18:22:53

Бошка туманларн Худо урганми? Нега бошка туманларни фаолиятига оид материалар берилмаяпти?


Fikringizni qoldiring

+